"Hakamlar Messiga har bir barmoq bilan teginish uchun ham fol qo'yishdi, bizni esa turtib tashlashsa ham indashmadi"
20 noy 2024 18:47
Yangiliklar
"Hakamlar Messiga har bir barmoq bilan teginish uchun ham fol qo'yishdi, bizni esa turtib tashlashsa ham indashmadi"
Peru terma jamoasi hujumchisi Paolo Gerrero Argentina bilan o'yindagi hakamlikka nisbatan keskin noroziligini bildirdi.
JCH-2026 saralashi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda peruliklar Argentinaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Sizning bu o'yinga bahoingiz qandayligini bilmayman, lekin jismoniy tomonlama biz kuchli raqib bilan teng edik.
Hakamlar borasida fikrim? Bunday sharoitda o'ynash qiyin. Bizni turtib yuborishdi, lekin hakamlar biror marta xushtak chalib bizning foydamizga jarima zarbasi belgilamadi. Lekin, biz har safar Messiga shunchaki barmog'imiz bilan teginganimizda ham bizning darvozamiz tomon fol belgilashdi. Bu haqda hech kim gapirmayapti, chunki bu Messi",- dedi Paolo Gerrero.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar