So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Faktlar. Superligada ilk bor argentinalik futbolchi gol urdi. "Neftchi"da mag'lubiyatsiz seriya tugadi Yangiliklar

Faktlar. Superligada ilk bor argentinalik futbolchi gol urdi. "Neftchi"da mag'lubiyatsiz seriya tugadi

Superliganing 21-turiga kelib turnir jadvalida yagona bo'lib turgan 0 raqami o'zgardi. Bu vazifani "Nasaf" maromiga etkazib bajardi.

Maydon egalari bu mavsumda hali hech kimga engilmagan va birin-ketin seriyalar qayd etayotgan "Neftchi"dan 3 ochko tortib olishni uddalashdi. Ushbu uchrashuvga doir bir nechta qiziqarli faktlar bilan o'rtoqlashamiz. 

- "Neftchi"ning Superligadagi 22ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Jamoa so'nggi bor 2022 yilning 2 noyabr kuni o'z maydonida OKMKga mag'lub bo'lgan edi. 

- "Neftchi" jamoasi Superligada 2015 yildan keyingi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. O'shanda jamoa Superligada bir mavsumda ketma-ket 8ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan va yakunda turnir jadvalida 5 o'rinni egallagandi. 

- Superligadagi so'nggi eng uzun mag'lubiyatsiz seriya "Paxtakor"ga tegishli edi. 2019 yil SHota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" 24ta turda mag'lub bo'lmagandi. "Neftchi"ga esa bu natijani yangilash uchun biroz etmadi. 

- "Neftchi" bu mavsumda 3ta uchrashuvda darvozasidan 2ta to'p olib chiqdi. Jamoa mazkur bahslarda g'alaba qozona olgani yo'q. 

- Andres CHavez Superligada gol urgan va qizil kartochka olgan ilk argentinalik futbolchi sifatida tarixga kirdi. O'tgan mavsumda "Qizilqum" libosida to'p tepgan Gonsallo Ritakko Superligada 7ta o'yinda maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol qila olmagandi. 

- CHavez joriy mavsumda "Nasaf" tarkibida gol urgan 13-futbolchiga aylandi. Qizil kartochka olgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. 

- "Nasaf" 4 yildan so'ng Qarshida "Neftchi"dan ustun keldi. "Ajdarlar" so'nggi bor 2018 yilning 4 noyabr kuni o'z maydonida farg'onaliklarni taslim qilgandi. 

- Qarshidagi o'zaro o'yinlarda 2:0 eng ko'p qayd etilgan hisob bo'ldi. 25ta uchrashuvning 7tasi shunday natija bilan yakunlangan.

- Temur To'xtasinov 2023 yilda "Nasaf" ishtirokidagi 3, "Neftchi"ning esa 1-o'yinda bosh hakam sifatida ishladi. "Ajdarlar" 3ta bahsning 2tasida g'alaba qozondi va 1ta bellashuvda durang o'ynadi.

Malumot uchun, "Neftchi" navbatdagi uchrashuvini 22 oktyabr kuni Farg'onada "Surxon"ga qarshi o'tkazsa, "Nasaf" 27 oktyabr sanasida Qarshida "Metallurg"ni qabul qiladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика