So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  2 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

Evropaning eng samarali o'yinchilari Yangiliklar

Evropaning eng samarali o'yinchilari

Yosh futbolchilarni kuzatish doim qiziqarli bo'lgan. Bugun UEFA etakchi klublarida faoliyat yuritayotgan 23 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar haqida suhbatlashamiz.

Ro'yxatimizda SHotlandiya yoki Gollandiya klub vakillari o'rin egallamagan. Biroq Rossiya, Portugaliya, Ukraina, Belgiya va Turkiya forvardlari haqidagi malumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Landri Dimata (“Volfsburg”dan “Anderlext”ga ijaraga o'tgan. 13 gol)

Dimata Belgiya yoshlar termasida faoliyat yuritadi (12 bahsda 7ta gol). Uning shartnoma muddati yozda o'z yakuniga etadi. U ijaradagi klubi tarkibida 13ta gol urishga muvvafaq bo'ldi. 21 yoshli o'yinchiga “Roma” ham katta qiziqish bildirmoqda.

Timo Verner (“Leypcig”, 13 gol)

“Agar u yangi klub izlayotgan bo'lsa, u holda “Liverpul”ni tanlashini xohlar edim”, — deydi “Leypcig” sobiq o'yinchisi Nabi Keyta. “Liverpul” 3 mavsum davomida maydonga tushib, malakasini oshirib borayotgan o'yinchini o'z safiga qo'shishga qarshi bo'lma    ydi, albatta. Biroq 22 yoshli nemis asosiy jamoada o'ynashi nomalum bo'lgan jamoaga o'tishni istarmikan?!

Usmon Dembele (“Barselona”, 13 gol)

“Barsa” Dembele uchun 100 mln. funt sarflaganiga haligacha ko'pchilik ishongisi kelmaydi. Lekin francuz muxlislarning muhabbatiga sazovor bo'lmoqda. Jamoada faqatgina Messi xaafli vaziyatlar yaratmoqda. SHu sababli, Dembeleni Filippe Koutinodan ancha yaxshiroq desak, adashmaymiz. Agar unga sarflangan mablag'ni hisobga olmasak, bu holat 21 yoshli futbolchi uchun yomon emas.

Vesli (“Bryugge”, 14 gol)

22 yoshli braziliyalik juda kuchli, tezkor, bosim o'tkaza oladigan va yaxshi hujum qiladigan o'yinchi hisoblanadi. Uning transferi yozda katta shov-shuvlarga sabab bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, “Arsenal”, “Everton” va “Lacio” unga katta qiziqish bildirmoqda.

Karlush Vinisius (“Riu Avi”dan “Monako”ga ijaraga o'tgan. 14 gol)

Yana bir ajoyib braziliyalik o'yinchi. 23 yoshli Vinisius “Monako”ga ijarachi sifatida kelgan va hali o'zini tanitishga ulgurmadi. U “Riu Avi”da 14ta gol urgandi — bu hazil emas. Uni yorqin kelajak kutayotganiga ishonamiz.

Gabriel Jezus (“Manchester Siti”, 16 gol)

Jezusu endigina 21 yoshga to'ldi. Bu mavsumda u asosiy tarkibda 7 marotaba maydonga tushdi. Kubok bahslarida biroz kuchsiz o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da (6ta gol), “SHaxtyor” darvozasini 3 marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Nikolya Pepe (“Lill”, 17 gol)

Yarim himoyachi ajoyib o'yin ko'rsatib, samarali harakatlanmoqda. ECHL uchrashuvlarida jamoasiga katta yordam berib turdi. Lekin uni 70 mln funtga xarid qilishgan. SHu sababli, u buni oqlashi shart. Eslatib o'tamiz, “Barselona” klubi unga katta qiziqish bildirmoqda.

Luka Yovich (“Benfika”dan “Ayntraxt”ga ijaraga o'tgan. 19 gol)

Bu mavsumda Yovich o'zini butun dunyoga tanita oldi. Germaniyadagi ajoyib chiqishlari tufayli “Barselona”, “Real” va “CHelsi”ning etiboriga sazovor bo'ldi. Lekin “Ayntraxt” ham Lukani sotib olish ehtimoli katta. Yovich uchun kurash boshlanish arafasida turibdi.

Kshishtof Pentek (”Milan”, 26 gol)

23 yoshli polyak “Milan”ning dastlabki 5 uchrashuvida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. “Jenoa” uni 31 mln funt evaziga sotib yuborgan edi. Qiziq, hozir bu ishiga pushaymon qilayotgan bo'lsa ajabmas. CHunki ikki hafta o'tib, uning transfer bozoridagi narxi 2 barobarga oshib ketdi.

Kilian Mbappe (PSJ, 29 gol)

Franciya va dunyo futbol yulduzi Kilian Mbappeni hamma taniydi. CHeksiz iqtidor sohibi hamda Jahon chempioni bugungi kunda PSJ tarkibida ECHL kubogini qo'lga kiritish uchun kurash olib bormoqda. U haqida ko'p gapirish shart emas. Sababi uning satistikasi barcha savollarga javob bera oladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика