Evropaning bir qator top klublari qiziqqan Argentina olimpiya terma jamoasi azosi faoliyatini Rossiyada davom ettiradi
28 avg 2024 11:08
Yangiliklar
Evropaning bir qator top klublari qiziqqan Argentina olimpiya terma jamoasi azosi faoliyatini Rossiyada davom ettiradi
Argentina olimpiya terma jamoasi azosi Lusiano Gondu faoliyatini "Zenit"da davom ettiradi.
Bu haqida piterliklar matbuot xizmati malum qildi. "Zenit" yosh hujumchining transferini sotib olish uchun "Argentinos Xuniors" jamoasiga 12 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa 4+1 ko'rinishdagi shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, 23 yoshli hujumchi o'tgan mavsum jamoasi safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Unign hisobida 14 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. SHuningdek, hujumchi Parijda bo'lib o'tgan olimpiya o'yinlarida Argentina safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U ushbu turnirda bitta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar