"Dinamo" "Zenit" bilan o'ynaydi
03 fev 14:52
Yangiliklar
"Dinamo" "Zenit" bilan o'ynaydi
"Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi 6 fevral kunidan Birlashgan Arab Amirliklarida ikkinchi xorij yig'iniga kirishadi.
Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasining Dubay yig'inidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini Rossiyaning 10 karra chempioni – "Zenit"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 9 fevral kuni Abu-Dabi shahrida o'tkazilishi belgilangan.
Samarqand jamoasi yanvar oyidagi 1-yig'inda Abu-Dabida Moskvaning CSKA klubini mag'lub (4:3) etgach, bu safar Sankt-Peterburg jamoasi bilan o'yin borasida kelishuvga erishdi. Qayd etish joiz, Vadim Abramov va Sergey Semak shogirdlari so'nggi ikki yilda ikkinchi bor to'qnash kelishmoqda. Avvalgi o'yin ham 2024 yil Abu-Dabida bo'lib o'tgan va unda piterliklar 5:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Tez orada jamoamizning yig'in doirasidagi barcha raqiblari haqida malumot beramiz", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
O'rtoqlik o'yini. 9 fevral (dushanba)
"Zenit" (Rossiya) – "Dinamo" (O'zbekiston)
BAA, Abu-Dabi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar