So’nggi yangiliklar

13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  4 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  2 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  9 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  18 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  16 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5

Evropa top-jamoalari 32 ta jamoa ishtirokida o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi JCHda qatnashishdan bosh tortmoqda Yangiliklar

Evropa top-jamoalari 32 ta jamoa ishtirokida o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi JCHda qatnashishdan bosh tortmoqda

FIFA mushkul vaziyatda qoldi.

Evropaning top-klublari 32 jamoa ishtirok etadigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashishni xohlamayapti.

"Daily Mail" nashrining yozishicha, Evropaning katta klublari FIFAning klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini yangi formatda o'tkazish taklifini rad etishgan. Tashkilot 2025 yil AQSHda bo'lib o'tadigan musobaqada 32 ta jamoa ishtirok etadigan formatni taklif qildi.

FIFA turnirning yangi formati Evropaning 220 etakchi terma jamoasi vakillarini jamlagan Evropa klublari associaciyasi yig'ilishida kelishib olinishiga umid qilgan. Biroq FIFA prezidenti Janni Infantino loyihaning qo'llab-quvvatlanmasligini anglagach, bu masalani kun tartibidan olib tashladi.

Hozir FIFA mushkul vaziyatda qoldi.

UEFA bu g'oyaning amalga oshirilishiga qarshi chiqadi, chunki uni CHempionlar Ligasi uchun tahdid deb biladi. Balki klublar katta mukofot puli tufayli fikrini o'zgartirar – FIFA ular 150 million funtni tashkil etishini vada qilmoqda.

FIFA 2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati AQSHda o'tkazilishini istaydi, chunki bu 2026 yilgi Jahon chempionati uchun sinov musobaqasi bo'ladi.

FIFA klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining yangi versiyasini hozirda mavjud bo'lgan yillik turnir o'rniga har to'rt yilda bir marta o'tkazmoqchi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика