Evropa ligasining eng yaxshilari va ramziy jamoasi elon qilindi
05 iyu 2023 00:45
Yangiliklar
Evropa ligasining eng yaxshilari va ramziy jamoasi elon qilindi
"Evropa ligasi joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi" sovrini Xesus Navasga nasib etdi.
Turnir g'olibi bo'lgan "Sevilya" himoyachisi 9ta o'yinda 3ta golli pas berdi, uzatmalarining aniqligi 80,56%ga etdi va o'rtacha har o'yin 10,57 km. masofa bosib o'tdi.
UEFA talqiniga ko'ra, Evropa ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi "Bayer" xavbeki Florian Virtc deb topildi. Futbolchi turnirning 8ta o'yinida 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
Ramziy jamoa
- darvozabon: Yassin Bunu («Sevilya»);
- himoyachilar: Xesus Navas («Sevilya»), Djonatan Ta («Bayer»), Kris Smolling («Roma»), Markos Akunya («Sevilya»);
- yarim himoyachilar: Nemanya Matich («Roma»), Ivan Rakitich («Sevilya»), Lorenco Pellegrini («Roma»);
- hujumchilar: Paulo Dibala («Roma»), Viktor Bonifase («Yunion»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar