Evropa ligasida tur futbolchisi aniqlandi
16 sen 2022 21:03
Yangiliklar
Evropa ligasida tur futbolchisi aniqlandi
Payshanba kuni Evropa ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Muxlislar ushbu turning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi.
"Frayburg" hujumchisi Mixael Gregorich o'tkazilgan so'rovnomada eng ko'p ovoz to'pladi. U “Olimpiakos” darvozasiga ikkita gol urdi. Germaniya klubi greklarni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Mityulland" futbolchisi Evander, "Union"dan Teddi Teuma va "Feyenoord"dan Alirizo Jahonbaxsh ham kun futbolchisi bo'lishga davogarlik qilishdi.
28 yoshli Gregorich o'tgan yozda "SHalke"dan "Frayburg"ga erkin agent sifatida o'tgandi Joriy mavsumda u to'qqizta o'yinda beshta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar