So’nggi yangiliklar

13:28Пеп Гвардиола АПЛ қароридан норози  0 13:20Бугун Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ПФЛ вакили келаси йил ОФКда иш бошлайди  1 12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  2 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  1 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0 11:16Мурод Исмоилов: “Финалда қайси жамоа ғалаба қозонса ҳам якунда футбол ютади”  0 10:57Ўзбекистон кубоги. Финалларни энг кўп қайси ҳакам бошқарган?  1 10:30"Барселона" ва "Nike" ўзаро келишувга эришди  3 09:58Туркия чемпионати трансфер нархлари янгиланди. Алиқулов ва Турғунбоевнинг нархи қанчани ташкил этмоқда?  3 09:21Испаниянинг октябрь ойидаги ўйинлар учун таркиби эълон қилинди  3 08:45Sofascore. Алиқулов кечаги учрашувнинг энг зўри бўлди  7 08:13Футзал. Бугун Ўзбекистон ҳамда жаҳон футболи ва футзали афсоналари ўртасида учрашув бўлиб ўтади  2 07:42Ўзбекистон кубоги. Бугун финал!  55 00:50"Атлетико" Куртуага буюм отган мухлисларни кечирмади  0 00:15Сане АПЛга қайтиши мумкин  1

Evropa Ligasi. "Barselona" va "Manchester Yunayted" "Kamp Nou"da jangovor durang qayd etdi Yangiliklar

Evropa Ligasi. "Barselona" va "Manchester Yunayted" "Kamp Nou"da jangovor durang qayd etdi

Evropa Ligasining 1/16 finali doirasidagi "Barselona" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatishingiz mumkin.

Evropa Ligasi. 1/16 final

"Barselona" - "Manchester Yunayted" 2:2

Gollar: Alonso (50, 1:0), Reshford (53, 1:1), Kunde (59-avtogol, 1:2), Rafinya (76, 2:2).

"Barselona": 1. Mark-Andre ter SHtegen, 23. Jyul Kunde, 4. Ronald Arauxo, 17. Markos Alonso (15. Andreas Kristensen, 67), 18. Jordi Alba, 21. Frenki de Yong, 19. Frank Kesse (10. Ansu Fati, 67), 8. Pedri (20. Serxi Roberto, 41), 22. Rafinya, 9. Robert Levandovski, 30. Gavi.

Zaxira: 26. Inyaki Penya, 36. Arnau Tenas, 11. Ferran Torres, 24. Erik Garsiya, 28. Alexandro Balde, 29. Mark Kasado, 32. Pablo Torre, 38. Angel Alarkon.

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 29. Aaron Uan-Bissaka, 19. Rafael Varan, 23. Lyuk SHou, 12. Tayrell Malasia, 18. Kazemiro, 17. Fred, 25. Jeydon Sancho (49. Alexandro Garnacho, 81), 8. Brunu Fernandesh, 10. Markus Reshfod, 27. Vaut Vegorst.

Zaxira: 2. Viktor Lindelef, 5. Xarri Maguayr, 20. Diogu Dalot, 28. Fakundo Pelistri, 36. Entoni Elanga, 73. Kobbie Mainoo, 22. Tom Xiton, 31. Jek Batlend, 55. Zidan Iqbol.

Ogohlantirishlar: Alba (31), Varan (43), Malasiya (72), Gavi (73).

Barcelona

Marcos Alonso - 50', Raphinha - 76'

Europa League Final Stage . 1/16-tur

16/02/2023, 21:45

2
:
2
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 52', Jules Kounde - 59'

Stadion: Spotify Camp Nou, 90225 tomoshabin

Bosh hakam: Maurizio Mariani

45'
90'
30'  Jordi Alba
41'  Pedri (Sergi Roberto)
50'  Marcos Alonso
50'  Raphinha
66'  Marcos Alonso (Andreas Christensen)
67'  Franck Kessie (Ansu Fati)
67'  Jordi Alba (Alex Balde)
73'  Gavi
76'  Raphinha
76'  Jules Kounde
83'  Raphinha (Ferran Torres)
43'  Raphael Varane
52'  Marcus Rashford
52'  Fred
59'  Jules Kounde
66'  Casemiro
66'  Erik ten Hag
72'  Tyrell Malacia
81'  Jadon Sancho (Alejandro Garnacho)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Kamp Nou"ni yondirgan bahsda jangovor durang!

90+3. ZARBAAAAAA! Fatining zarbasi rikoshet bilan noaniq ketdi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Reshfordning zarbasini ter SHtegen ushlab oldi.

87. ZARBAAAAAAAA!!! O'z uyinga to'sinlar yordam bermasa endi. MYUni birinchisida to'sin, ikkinchisida de Xea qutqardi.

85. "Barsa"da yana standart. Fred o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Penalti berilishi ham mumkin.

83. "Barselona" yana xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradi.

80. UXXXXXXX!! Rafinyaning boshi bilan yo'llagan zarbasini de Xea qaytardi.

79. RESHFORRRDDD!!! Golidagi kabi vaziyatga ega bo'ldi. Ammo zarbani osmonga tepdi.

76. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Kazemironing xatosidan keyin Rafinya to'pni egallab oldi va Levandovski tomon oshirdi. Robert to'pga tegmadi va darvozaga kirgizib yubordi!

75. Gavi va Kazemiro o'rtasida nigohlar jangi bo'ldi. Bunda yoshgina Gavi yutqazganini tan olgandek bo'ldi.

73. Ana endi Gavi sariq oldi. Bu safar navbatdagi o'yinda o'ynamaydigan bo'lib.

72. "Barselona"ning tezkor qarshi hujumini to'xtatgan Malasiya sariq oldi.

69. ZARBAAAAAAA!! Fredning zarbasi salgina noaniq. Ter SHtegen vaziyatni nazorat qilib turgandi.

68. Levandovskining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

66. Ten Xag sariq kartochka oldi. U ham VAR ishlatilishini talab qilgandi.

64. Daxshat temp! Bir daqiqada ikkala darvozaga potencial penalti vaziyatlari bor. Tezlik shunchaki super!

63. UXXXXXXX!!! MYU uchinchisini urib qo'yishi mumkin edi. Van-Bissakaning zarbasi noaniq ketdi.

59. GOOOOOOOOOLLLLL!! Kunde avtogol urib qo'ydi!

57. Hujumda foydasi tegmayotgan Vegorst MYU himoyasida ikkinchi qavat kurashlarida foyda bermoqda.

54. UXXXXX!!! MYU ikkinchisiga yaqin kelgandi. Reshfordga zarba berishiga yo'l qo'yishmadi.

53. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! 3 daqiqa o'tib, Reshford hisobni tenglashtirdi!

50. GOOOOOOOOOOOLLLL!! Alonso hisobni ochdi!

49. ZARBAAAAAAA!! Sancho 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi.

47. ZARBAAAAAAA!! Rafinyaning kuchli zarbasi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

2-bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. "Barselona"da jiddiy yo'qotish. Pedri jarohat olib, maydonni tark etdi.

40. Rafinya MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Biroq unga qadar fol ishlatgani malum qilindi.

37. ZARBAAAAAAAA!!! Van Bissakaning qo'pol xatosidan keyin Alba to'pni egallab olib, darvozaga zarba berdi. De Xea jamoani qutqardi.

34. ZARBAAAAAAAAAA!! TER SHTEGEEEENNNN!!! Reshfordning murakkab zarbasidan keyin germaniyalikdan super seyv!

33. Burchakdan uzatilgan to'pga Varan boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

30. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Fernandeshning jarimadan uzatgan to'pi bir qancha futbolchilarga tegib, ter SHtegenga borib tushdi.

28. ZARBAAAAAA!! VEGOORRSSTTT!!! Niderlandiyalik hujumchi ter SHtegen bilan birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

27. ZARBAAAAAAA!! Van-Bissakaning qanotdan uzatmasi Sancho+de Yongga tegib, burchakka chiqib ketdi.

26. UXXXXX!! Sal qolishiga sal qoldi. Frenki de Yong chiroyli pas bilan Levandovskiga to'pni oshirdi. Varan esa vaziyatni yumshatdi.

25. Endi "Barselona" burchak zarbasini amalga oshirdi. Pedrining uzatmasini de Xea urib yubordi.

22. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Levandovski chiqarib yubordi.

19. ZARBAAAAA!! Pedrining zarbasi noaniq ketdi. "Barselona" xavfli hujum uyushtirgandi.

17. MYU hujumga o'tgandi. Brunu chiroyli pas berdi, uni Kunde qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. MYU keyin hujumda fol ishlatdi.

13. UXXXXX!!! Alonsoning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

11. MYU jarima maydonchasi yaqinida pala-partishlik. "Barsa" xavfli jarima zarbasiga ega bo'ldi.

9. ZARBAAAAAA!!! Levandovskining kuchli zarbasini ispaniyalik kiper qaytardi!

5. MYU ilk daqiqalardanoq faollikni o'z qo'liga olmoqda.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi. 

Reyting: +16   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика