So’nggi yangiliklar

01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  9 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  3 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  7 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  377 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  23 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  38 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2

Evro-2024. SHveycariya ilk turda Vengriyani ishonchli hisobda engdi Yangiliklar

Evro-2024. SHveycariya ilk turda Vengriyani ishonchli hisobda engdi

Evropa chempionati "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan Vengriya – SHveycariya uchrashuv yakunlandi.

Evropa chempionati

"A" guruhi. 1-tur

Hungary

Barnabas Varga - 66'

EURO Grp. A . 1-tur

15/06/2024, 19:00

3
:
1
Tugadi

Switzerland

Kwadwo Duah - 12', Michel Aebischer - 45', Breel Embolo - 90'

Stadion: RheinEnergieSTADION, 41678 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
46'  Adam Lang (Bendeguz Bolla)
66'  Barnabas Varga
66'  Dominik Szoboszlai
67'  Adam Nagy (Laszlo Kleinheisler)
69'  Attila Szalai
79'  Milos Kerkez (Martin Adam)
79'  Attila Szalai (Marton Dardai)
88'  Bendeguz Bolla
5'  Silvan Widmer
12'  Kwadwo Duah
12'  Michel Aebischer
45'  Michel Aebischer
45'  Remo Freuler
59'  Remo Freuler
68'  Kwadwo Duah (Zeki Amdouni)
68'  Silvan Widmer (Leonidas Stergiou)
74'  Ruben Vargas (Breel Embolo)
86'  Remo Freuler (Vincent Sierro)
86'  Dan Ndoye (Fabian Rieder)
88'  Murat Yakin
90'  Breel Embolo

Vengriya – SHveycariya 1:3 

Kyoln. "ReynEnergiSHtadion". 18:00

Gollar: Varga 66' – Dua 12', Ebisher 45', Embolo 90+3'

Bosh hakam: Slavko Vinchich (Sloveniya)

Yordamchi hakamlar: Tomaj Klanchnik, Andraj Kovachich (ikkisi – Sloveniya)

VAR: Neyc Kaytazovich (Sloveniya)

AVARBartosh Frankovskiy, Tomash Kvyatkovskiy (ikkisi – Polsha)

To'rtinchi hakam: Rade Obrenovich (Sloveniya)

Vengriya – Gulachi, Fiola, Orban, Lang (Bolla, 46), Salai (Darday, 79), Kerkez (Adam, 79), SHallai, Nad (Klyaynxaysler, 67), Soboslai, SHafer, Varga.

SHveycariya – Zommer, Vidmer (Stergiu, 68), Rodriges, SHer, Akanji, Jaka, Froyler (Serro, 86), Ebisher, Vargas (Embolo, 74), Dua (Amduni, 68), Ndoye (Rider, 86).

Ogohlantirishlar: Vidmer (5), Froyler (59), Salai (69), Fiola (87).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! SHVEYCARIYA VENGRIYADAN 3:1 HISOBIDA USTUN KELDI.  

90+3. GOOOOOOOOOOL! Himoyachining qo'pol xatosidan so'ng birga-bir holatga chiqib borgan Embolo to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi – 1:3! CHiroyli gol! 



90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Zarba! Jakaning bosh bilan bergan zarbasini Gulachi qaytardi. 

87. Xavfli holatga chiqib borayotgan Amdunini to'xtatgan Fiola ogohlantirildi. 

86. SHveycariyada 2 ta o'zgarish: Froyler o'rniga Serro, Ndoye o'rniga Rider bahsni tugatib qo'yadi. 

83. Den Ndoye yakkakurashda g'olib kelganiga qaramay, darvozaga yaxshi zarba bera olmadi, to'p darvoza ustuni narirog'idan o'tib ketdi.

81. Havodagi to'pga bosh bilan zarba berib, maydonga oyog'i bilan noqulay tushgan Fabian SHer hakamlar yordamiga muhtojlik sezdi.

79. Vengriyada 2 ta almashtirish: Salai o'rniga Darday, Kerkez o'rniga Adam maydonga tushdi. 

77. Milosh Kerkez hujum vaqtida raqibga nisbatan qoidani buzdi, ammo hakam qaroridan norozi.

74. SHveycariyada o'zgarish: Vargas o'rniga Embolo o'yinga qo'shildi. 

72. Zarba! Vargasning standartdan to'pni o'yinga kiritishi xavfli yakun topdi – SHerning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi. 

71. Zarbaaa! Ndoyening xavfli zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

69. Attila Salai Ndoyeni yiqitgani uchun ogohlantirish oldi.

68. SHveycariyada 2 ta o'zgarish: Vidmer o'rniga Stergiu, Dua o'rniga Amduni tushirildi.

67. Vengriyada almashtirish: Nad o'rniga Klyaynxaysler uchrashuvni davom ettiradi. 

66. GOOOOOOOL! Soboslaining havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Varga bosh bilan gol urib, hisobni qisqartirdi – 1:2! O'yin qiziydigan bo'ldi. 



63. Uuuux! Sal qolishiga sal qoldi – SHallaining uzatmasidan so'ng Varga bosh bilan darvoza tomon zarba berdi, noaniq. 

62. Bugungi bellashuvni tomosha qilish uchun 41676 nafar tomoshabin tashrif buyuribdi. 



59. Qanotdan oldinga intilayotgan Soboslaini ochiqchasiga ushlab qolgan Froyler sariq kartochka oldi. 

54. Ruben Vargas jarima maydonchasi ichida o'ziga xos imkonga ega bo'ldi, ammo u yakunda juda kuchsiz zarba yo'llab, Gulachini to'p bilan taminladi.

52. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkichga nazar tashlasak, vengriyaliklar 3 ta zarba yo'llashgan, shulardan 1 tasi aniq chiqqan, shveycariyaliklar esa allaqachon 9 marta zarba berishibdi va shulardan 4 tasi darvozaga aniq borgan. 

49. Milosh Kerkez to'pni ichkariga oshirib berdi, biroq himoyachilar to'pgi o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdilar.

48. Zarbaaa! Kvadvo Duaning zarbasini Peter Gulachi mahorat ko'rsatib, qaytara oldi.

46. Vengriyada o'zgarish: Lang o'rniga Bolla o'yinni davom ettiradi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus!

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

45. GOOOOOOOOOL! Meshil Ebisherning erlatib yo'llagan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi. Uning zarbasi darvozabon uchun juda noqulay bo'ldi, sababi to'p himoyachilar orasidan o'tib borgandi. Hisob – 0:2!



42. Granit Jaka qoidani buzish evaziga raqibni maydonga qulatdi, hakam hushtagi chalindi.

37. Silvan Vidmer ichkariga pas uzatdi, biroq himoyachilardan biri o'z vaqtida to'pni tepib yubordi. 

32. Rikardo Rodriges raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Vengriyada jarima zarbasi.

27. SHafer Vargasni "podkat" bilan to'xtatib qoldi, muxlislar norozi. Takrorda ko'rdikki, bu juda qo'pol harakat toifasiga kirmaydi.  

26. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 33% – 67%. Hozircha vengriyaliklar juda sust. 

22. Zarba! Fabian SHerning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. 

20. Uuuuux! Ruben Vargas himoyachilar xatosidan so'ng to'pni egallab olib, birga-bir chiqib ketdi. Uning zarbasini Peter Gulachi qaytardi, qoyilmaqom seyv!

17. Rikardo Rodriges burchak zarbasi orqali to'pni ichkariga oshirdi, ammo himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

12. Biroz o'tib VAR ishga kirishdi va golni inobatga oldi. Hech qanday ofsayd yo'q. 

12. GOOOOOOOL! Kvadvo Dua darvozani ishg'ol etdi, ammo qanot hakami bayroqchasini ko'tardi.



10. Zarbaaa! Vengriya yarim himoyachisi Roland SHallai olisdan darvozani nishonga oldi, biroz noaniq.  

8. Hozirgi daqiqaga kelib Murat Yakin qo'l ostidagi shveycariyaliklar ancha ishonchli harakat qilishmoqda. 

5. SHveycariya himoyachisi Silvan Vidmer qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi. 

2. Etiborlisi, bugun har ikki jamoa ham bir xil taktik sxemadan foydalanadi. Futbolchilarning maydondagi joylashuvi 3-4-2-1 taktik sxemasiga asoslangan. 

1. Bahs boshlandi! 

- Uchrashuv 18:00 da start oladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика