So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Evro-2024. Ispaniya Italiyani haqli tarzda mag'lub qilib, pley-off yo'llanmasini naqd qildi! Yangiliklar

Evro-2024. Ispaniya Italiyani haqli tarzda mag'lub qilib, pley-off yo'llanmasini naqd qildi!

Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatining "B" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan markaziy o'yinida Ispaniya Italiyani mag'lubiyatga uchratdi.

Evro-2024

"B" guruhi, ikkinchi tur

Ispaniya – Italiya 1:0  

Gol: Rikkardo Kalafori 55' (avtogol)

20 iyun, 23.59. «Arena AufSHalke», Gelzenkirxen shahri

Bosh hakam: Slavko Vinchich (Sloveniya)

Hakamlar: Andraj Kovachich, Tomaj Klanchnik (Sloveniya)

To'rtinchi hakam:  Kleman Tyurpen (Franciya)

VAR hakami: Neyc Kaytazovich (Sloveniya)

AVAR hakamlari: Bartosh Frankovski, Tomash Kvyatkovski (Polsha)

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman, Kukurelya, Merino, Fabian Ruis, Rodri, Pedri (Aleks Baena, 71), Uilyams (Peres, 78), Yamal (Ferran Torres, 71), Morata (Oyarsabal, 78).

Italiya – Donnarumma, Di Lorenco, Bastoni, Kalafori, Dimarko, Jorjino (Kristante, 46), Barella, Frattezi (Kambyazo, 46), Pellegrini (Raspadori, 82), Keza (Dzakkani, 64), Skamakka (Retegi, 64).

Ogohlantirishlar: Donnarumma (15), Rodri (45+2), Kristante (46), Le Norman (69), Karvaxal (90+6).

Spain

Riccardo Calafiori - 55'

EURO Grp. B . 2-tur

21/06/2024, 00:00

0
:
1
Tugadi

Italy

Stadion: VELTINS-Arena, 49528 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
45'  Rodri
55'  Riccardo Calafiori
69'  Robin Le Normand
71'  Pedri (Alejandro Baena)
71'  Lamine Yamal (Ferran Torres)
78'  Nico Williams (Ayoze Perez)
78'  Alvaro Morata (Mikel Oyarzabal)
90'  Fabian Ruiz (Mikel Merino)
90'  Daniel Carvajal
15'  Gianluigi Donnarumma
46'  Jorginho (Bryan Cristante)
46'  Davide Frattesi (Andrea Cambiaso)
46'  Bryan Cristante
64'  Federico Chiesa (Mattia Zaccagni)
64'  Gianluca Scamacca (Mateo Retegui)
82'  Lorenzo Pellegrini (Giacomo Raspadori)

MATNLI TRANSLYACIYA


90+6. O'yin yakunlandi! Ispaniya termasi Italiyani haqli ravishda mag'lubiyatga uchratib, pley-offga yo'llanmasini naqd qildi.

95. Italiya termasi oxirgi hujumlaridan birini uyushtirdi. Laport jarima maydoni ichidagi to'pni burchakka chiqarib yubordi.

94. Ispaniyada o'zgarish. Merino maydonga tushmoqda, Fabian Ruiz o'yindan olindi.

92. Yana bir urinish! Ayose Peres bu safar deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Donnarummadan super seyv!

91. Ispaniya yana bir hujum uyushtirdi. Ayose Peresning zarbasini Donnarumma qaytarib yubordi.

90. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtida to'rt daqiqa qo'shib berildi.

87. Italiya mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun hujum tomon intilmoqda.

 


86. Italiyaning kam sonli burchak zarbalaridan biri besamar ketdi. Darvozabon to'pni egallab oldi.

83. Ispanlar tempni biroz tushirishdi.

78. Ispaniya termasi tarkibida yana o'zgarishlar. Niko Uilyams va Alvaro Morata maydonni tark etdi, Oyersabal va Ayose Peres o'yinga qo'shilishdi.

74. Pellegrinining jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

71. Ispaniya termasi tarkibida o'zgarish. Pedri va Yamal o'rniga Baena hamda Ferran Torres maydonga tushdi.

70. ZARBAAAAAAAAAA! Niko Uilyams chap qanotdan yorib kirdi va to'pni o'ng tomonga olib super zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini va ustuni kesishgan joyga tegib, maydonni tark etdi.

69. Ogohlantirish. Ispaniya futbolchisi Roben Le Norman raqibning hujumini to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka oldi.

64. Italiya termasi tarkibida o'zgarishlar. Federiko Keza va Janluka Skamakka maydonni tark etishdi. Mateo Retegi va Zakkani maydonga tushdi.

60. ZARBAAAAA! Ispaniya to'xtamayapti. Lamin Yamalning ajoyib zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

58. ZARBAAA! Moratadan aniq zarba, Donnarummadan seyv.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Evro"dagi navbatdagi avtogol. Rikkardo Kalafori (Italiya) qanotdan oshirilgan to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi. Niko Uilyams oshirgan to'pga dastlab Morata tegdi, keyin Donnarumma, undan so'ng esa Rikkardo...

53. Pedrining navbatdagi zarbasini Donnarumma osonlik bilan egallab oldi.

53. Ispaniya yana ustunlikni qo'liga oldi.

52. Pedriii! Kukurelya "Barselona" yarim himoyachisiga ajoyib vaziyat yaratib bergandi. Pedri esa zarbada adashdi. Juda qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.

46. Kristante Rodriga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

46. O'zgarish. Jordino o'rniga Kristante maydonga tushdi. Fratezzining o'rnini Kambiaso egalladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Hakamga etiroz bildirgani uchun Rodri ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

45. Zarbaa! Italiya termasining birini bo'limdagi kam sonli hujumlaridan biri Kezaning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

41. Fabian Ruizning navbatdagi zarbasini Janluiji Donnarumma egallab oldi.

39. Italiya terma jamoasi asosan himoyalanmoqda.

37. Qanotda ishlangan jarima to'pi Fabian Ruizga uzatildi. Ruiz esa juda va juda noaniq zarba yo'lladi.

30. Ispaniya Italiya ustidan bosim qilishda davom etmoqda.

25. ZARBAAAA! Fabianu Ruizning ajoyib zarbasini Janluiji Donarumma qaytardi. Super seyv!

24. Xavfli vaziyat! Lamin Yamalning jarima maydoni ichiga uyushtirgan reydidan so'ng to'pni Alvaro Morata egallab oldi va zarba berishga harakat qildi, ammo Donnarumma o'z o'rnida.

17. Jamoalar kutilgandek himoyaviy o'yin ko'rsatishmayapti, bu taxsinga loyiq.

15. Donnarumma hakamga qilgan muomalasi uchun ogohlantirildi.

10. Niko Uilyamsdan xavfli zarba, ammo biroz noaniq! Niko bu safar jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va boshi bilan zarba berdi.


O'yinni Ispaniya qiroli Felipe VI (o'rtada), UEFA vice-prezidenti Fernando Santos va Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti Pedro Roxa birgalikda kuzatib borishmoqda.

6. Ispaniya termasi to'p ustidan nazorat o'rnatdi.

3. Niko Uilyams Italiya himoyasini sarosimaga solishdan charchamayapti. Niko hozir chap qanotdan yana italiyaliklar qo'rg'iniga reyd uyushtirdi.

2. Xavfli vaziyat! Ispaniya termasi qanotdan hujumga o'tdi.  Niko Uilyamsning qanotdan uzatgan to'pini Pedri boshi bilan darvozaga yo'lladi. Donnarummadan yaxshi seyv.

1. O'yin boshlindi! Italiya termasi to'pni o'yinga kiritdi.


- UEFA sobiq bosh kotibi Gerxard Aigner xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlandi. Aigner 1989-1999 yillar UEFA bosh kotibi bo'lib ishlagan. U 199-2003 yillarda UEFA bosh direktori bo'lib ham faoliyat yuritgan.

Italiya termasining madhiyani qay tarzda kuylashi ortiqcha izohga muhtoj emas:

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Jamoalar tarkibi sxema ko'rinishida:

Spain

Riccardo Calafiori - 55'

EURO Grp. B . 2-tur

21/06/2024, 00:00

0
:
1
Tugadi

Italy

Stadion: VELTINS-Arena, 49528 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
45'  Rodri
55'  Riccardo Calafiori
69'  Robin Le Normand
71'  Pedri (Alejandro Baena)
71'  Lamine Yamal (Ferran Torres)
78'  Nico Williams (Ayoze Perez)
78'  Alvaro Morata (Mikel Oyarzabal)
90'  Fabian Ruiz (Mikel Merino)
90'  Daniel Carvajal
15'  Gianluigi Donnarumma
46'  Jorginho (Bryan Cristante)
46'  Davide Frattesi (Andrea Cambiaso)
46'  Bryan Cristante
64'  Federico Chiesa (Mattia Zaccagni)
64'  Gianluca Scamacca (Mateo Retegui)
82'  Lorenzo Pellegrini (Giacomo Raspadori)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика