So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  1 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  5 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  17 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  16 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  7 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  380 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Evro-2024. Franciya chorak finalda! Yangiliklar

Evro-2024. Franciya chorak finalda!

Teglar :  Evro-2024Franciya
Franciya hamda Belgiya o'rtasida o'tkaziladigan Evro-2024 nimchorak final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Evro-2024
1/8 final

Franciya – Belgiya
"Merkur SHpil-Arena" stadioni
Gol: 1:0 – 85, avtogol Vertongen.

Franciya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Rabo, Tchuameni, Grizmann, Tyuram (Kolo-Muani, 62), Mbappe.

Belgiya – Kastels, Kastan (de Ketelare, 88), Vertongen, Fas, Teate, Karrasko (Lukebakio, 88), de Bryuyne, Onana, Lukaku, Openda (Mangalya, 63), Doku.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (14), Grizmann (23), Rabo (24), Vertongen (76), Mangalya (90+3).


France

Jan Vertonghen - 85'

EURO Final Stage . 1/8-tur

01/07/2024, 22:00

0
:
1
Tugadi

Belgium

Stadion: Duesseldorf Arena, 46810 tomoshabin

Bosh hakam: Glenn Nyberg

45'
90'
14'  Aurelien Tchouameni
23'  Antoine Griezmann
24'  Adrien Rabiot
62'  Marcus Thuram (Randal Kolo Muani)
85'  Jan Vertonghen
63'  Ikoma Lois Openda (Orel Mangala)
76'  Jan Vertonghen
76'  Domenico Tedesco
88'  Yannick Carrasco (Dodi Lukebakio)
88'  Timothy Castagne (Charles De Ketelaere)
90'  Orel Mangala


Ushu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va Franciya chorak finalga yo'l oldi! 

90+4-daqiqa. Ogohlantirish! Orel Mangala qarshi hujumga qochib ketayotgan Randal Kolo-Muanini qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

90+2-daqiqa. Doku burchak zarbasi ishlab oldi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Teatening zarbasidan keyin bosh hakam to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

88-daqiqa. O'zgarishlar! Timoti Kastan va Karrasko o'rniga Dodi Lukebakio hamda SHarl de Ketalare maydonga tushdi.

87-daqiqa. Belgiya to'p bilan oldinga o'tishga harakat qilmoqda. 

85-daqiqa. GOOOOOOOL! Hisob ochildi! Randal Kolo-Muani rikoshet yordamida Kastelsni dog'da qoldirdi!

83-daqiqa. Kevin de Bryuyne hozir Belgiyaga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Uning qulay vaziyatdan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Mayk Menyan seyv ijro etdi va jamoasini qutqarib qoldi.  

81-daqiqa. Yannik Ferreyra-Karrasko hujumda Teoga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.

79-daqiqa. Romelu Lukakuga yo'llangan to'p Mayk Menyanning qo'llariga borib tushdi.

77-daqiqa. Ogohlantirish! Ushbu holat bo'yicha noroziligini yashirib o'tirmagani uchun mehmonlar ustozi Domeniko Tedeskoga ham sariq.

76-daqiqa. Ogohlantirish! Yan Vertongen ogohlantirildi!

74-daqiqa. Standartda hujumga kelgan Vilyam Saliba jarima maydonchasi ichida Dokuni aldadi va zarba berdi, lekin to'p ustun yonidan o'tib ketdi.  

74-daqiqa. Grizmann yana bir bor burchak zarbasini amalga oshiradi. 

73-daqiqa. Franciya to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritadi. 

72-daqiqa. Hakam o'yinni to'xtatib bir-biri bilan kelisha olmayotgan Mbappe va Vertongenni yoniga chaqirdi hamda ko'p gapirmay, futbol o'ynash kerakligini eslatib qo'ydi.

69-daqiqa. Yana Tchuamenini zarba uchun qulay vaziyatga chiqarishdi, Orelen o'ta kuchli zarba bilan to'pni darvoza tomon yo'lladi, biroq... Bu safar ham noaniq.

65-daqiqa. Grizmann qulay nuqtadan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Endi Belgiya safida futbolchi almashtirilmoqda. Loi Openda o'rniga Orel Mangala o'yinga qo'shildi.  

62-daqiqa. O'zgarish! Markus Tyuram o'rnini Randal Kolo-Muaniga bo'shatib berdi. 

61-daqiqa. Teo Ernandes seyvga teng "podkat" bilan to'pni raqib oyoqlari ostidan tepib yubordi. Francuzlar xuddi gol urgandek xursandchilik qilishdi.  

59-daqiqa. Belgiya maydon markazida to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

56-daqiqa. O'ziga xos kombinaciyadan keyin Kilian jarima maydonchasi markazida to'pga zarba berishni uddaladi, ammo uning urinishi qovushmadi.

54-daqiqa. Mbappe qanotdan markazga o'tib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi.

52-daqiqa. Franciyaning navbatdagi urinishi besamar ketdi. Kastels faollik ko'rsatib to'pni egallab oldi. 

50-daqiqa. Burchak zarbasidan francuzlar naf chiqara olishmadi, keyin esa Openda Teo Ernandesga nisbatan fol ishlatdi.  

49-daqiqa. Orelen Tchuamenining xavfli zarbasini Kun Kastels qiyinchilik bilan bo'lsada, qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

48-daqiqa. Belgiyaning hujumi oxiriga etmay qoldi. Qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Belgiya futbolchilari boshlashdi. 

45+2-daqiqa. Hakam birinchi bo'lim yakunlanini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus! 

45+1-daqiqa. Mbappening faolligidan keyin to'p jarima maydonchasiga kiraverishdagi Tchuameniga borib tushdi, Orelen to'pni to'xtatmay kuchli zarba berdi, biroq zarba qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq chiqdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Vaut Fas raqibini oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. Teo jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. 

42-daqiqa. To'pni olib qo'ygan Belgiya tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi, ammo Upamekano uzatma yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

41-daqiqa. Franciya to'pni nazorat qilmoqda.  

39-daqiqa. Orelen Tchuameni uzoqdan kuchli zarba berdi, lekin uning urinishi ham mo'ljalga aniq etib bormadi. 

37-daqiqa. Belgiya raqibning navbatdagi hujumini qaytardi.  

34-daqiqa. Markus Tyuramning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. 

Ernandes sheriklaridan uzr so'ramoqda. 

32-daqiqa. Teo Ernandesning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, lekin bu safar ham to'p darvozaga borishni istamadi. 

28-daqiqa. Belgiyaning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, lekin Kevin De Bryuyneni sherigi tushunmadi.

25-daqiqa. Ogohlantirish! Dokuga nisbatan fol uchun Rabo ogohlantirildi. 

23-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Antuan Grizmann ko'z o'ngida sariq kartochka baland ko'tarildi. 

20-daqiqa. Belgiyaning hujumi o'ng qanotdan rivojlantirildi va to'p jarima maydonchasiga yo'llandi, ammo Jyul Kunde o'ta sovuqqonlik bilan to'pni boshi bilan Menyanga tashlab berdi.

18-daqiqa. Grizmannning burchakdan uzatmasidan keyin Tyuram zarba berdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga etiroz bildirgani uchun Orelen Tchuameniga sariq kartochka ko'rsatildi.

14-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Kilian Mbappeda zarba uchun imkoniyat bo'ldi, ammo uning urinishiga aniqlik etishmadi.

10-daqiqa. Saliba Lukakuga qarshi ishonchli o'yin ko'rsatdi va to'pni yon chiziqdan Franciya o'yinga kiritadi. 

8-daqiqa. Franciya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

6-daqiqa. Mayk Menyan oldinroqqa chiqib Opendaga imkon qoldirmadi. 

4-daqiqa. Amadu Onana "podkat"da to'pni jamoasiga olib berdi. 

3-daqiqa. Dayot Upamekano xavfni bartaraf etdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика