Evro-2024. Bugungi bellashuvlar hakamlari malum
21 iyu 2024 15:39
Yangiliklar
Evro-2024. Bugungi bellashuvlar hakamlari malum
UEFA 21 iyun, juma kungi o'yinlarda ishlaydigan hakamlar masalasiga aniqlik kiritdi.
Slovakiya – Ukraina uchrashuvini angliyalik hakamlar boshqarib boradi: referi – Maykl Oliver, assistentlar – Styuart Bert va Den Kuk. To'rtinchi hakam – niderlandiyalik Serdar Gyuzyubyuyuk, VAR hakami – germaniyalik Bastian Dankert.
Polsha – Avstriya uchrashuvida turkiyalik hakamlar faoliyat yuritadi: referi – Umut Meler, assistentlar – Emre Eyisoy va Kerem Ersoy. To'rtinchi hakam – sloveniyalik Rade Obrenovich, VAR hakami – italiyalik Paolo Valeri.
Niderlandiya – Franciya uchrashuvini angliyalik hakamlar boshqarib boradi: referi - Entoni Teylor, assistentlar – Geri Besuik va Adam Nann. To'rtinchi hakam – shveciyalik Glenn Nyuberg, VAR hakami esa – Styuart Ettuell.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar