So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  2 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  8 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  21 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  18 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  3 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  11 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  8 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  381 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Evro-2024. Turkiya Demiralning dubli evaziga Avstriyani mag'lub etdi, turklar chorak finalda Niderlandiya bilan o'ynaydi Yangiliklar

Evro-2024. Turkiya Demiralning dubli evaziga Avstriyani mag'lub etdi, turklar chorak finalda Niderlandiya bilan o'ynaydi

Evro-2024 1/8 final doirasidagi Avstriya - Turkiya o'yini bo'lib o'tmoqda.

Avstriya - Turkiya 1:2

Gollar: Gregorich (67) — Demiral (1, 59)

Avstriya: Pentc, Posh, Linxart (Veber, 64), Danzo, Mvene (Prass, 46), Zabitcer, Laymer (Grillich, 64), Baumgartner, SHmid (Gregorich, 46), Zayvald, Arnautovich.

Turkiya: Gyunok, Myuldyur, Ayxan, Bardakchi, Demiral, Kadioglu, Kekchyu (Kaxveji, 83), Yuksek (Ozjan, 58), Gyuler (Aktyurkoglu, 78), Yilmaz, Yildiz (Yokushlu, 78).

Ogohlantirish: Kekchyu (11), SHmid (38), Yuksek (42), Linxart (52).


Austria

Michael Gregoritsch - 66'

EURO Final Stage . 1/8-tur

03/07/2024, 01:00

2
:
1
Tugadi

Turkiye

Merih Demiral - 1', Merih Demiral - 59'

Stadion: Leipzig Stadion, 38305 tomoshabin

Bosh hakam: Artur Dias

45'
90'
38'  Romano Schmid
46'  Philipp Mwene (Alexander Prass)
46'  Romano Schmid (Michael Gregoritsch)
52'  Philipp Lienhart
64'  Philipp Lienhart (Maximilian Woeber)
64'  Konrad Laimer (Florian Grillitsch)
66'  Michael Gregoritsch
66'  Stefan Posch
1'  Merih Demiral
11'  Orkun Kokcu
42'  Ismail Yuksek
58'  Ismail Yuksek (Salih Oezcan)
59'  Merih Demiral
59'  Arda Guler
78'  Arda Guler (Okay Yokuslu)
78'  Kenan Yildiz (Kerem Akturkoglu)
83'  Orkun Kokcu (Irfan Kahveci)


O'YIN YAKUNLANDI

90+5. Gyunok jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Turkiyalik posbon dahshatli seyv qayd etdi. Mert qahramonlik ko'rsatdi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

88. Turklar o'yinga nuqta qo'yish uchun o'ta qulay vaziyatga ega bo'lishgandi, ammo Barishning yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

84. Avstriya Gyunokning xatosidan foydalanib ketishi mumkin edi, ammo Baumgartnerning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

77. Avstriya hujum qilishda davom etmoqda, turklar esa himoyaga "yotib olishgan".

67. GOOOL! Avstriya nihoyat gol urishga erishishdi. Gregorich ajoyib pasni golga aylantirdi!

59. GOOOOL! Dahshat! Yana Demiral. Himoyachi to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi. Turklar kam sonli vaziyatlardan foydalanishmoqda. Gyulerdan assist!

54. Posh! Avstriyalik o'yinchi hisobni ochish uchun qulay vaziyatga ega bo'lgandi, ammo bu vaziyatda ham Demiral to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

53. Laymer! U raqiblarini aldagan holda jarima maydonchasi ichiga kirib bordi, ammo zarbani o'xshata olmadi.

51. Marko Arnautovich! U darvozabon bilan birga-bir chiqib ketdi, ammo to'pni darvoza to'riga kirita olmadi. Darvozabondan seyv!

46. Avstriyaliklarda taym oldidan ikki o'zgarish: Gregorich va Prass SHmid va Mveneni almashtirdi.

46. Ikkinchi taymga start berildi!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

33. Zabicer turklar darvozasini ishg'ol etishga urinib ko'rdi, ammo to'p yo'nalishiga Demiral peshvoz chiqdi.

25. Gyuler burchakdan to'pni to'g'ri Demiralning boshiga uzatdi, ammo himoyachining zarbasiga aniqlik etishmadi.

14. Gyulerdan zarba! Ammo, uning yo'liga Danso to'g'anoq bo'ldi, ammo to'pning darvozaga aniq borishini bartaraf etdi.

7. SHmid burchakdan to'pni uzatib berdi, Linxart darvozaga yaqin joyda ikkinchi qavatda g'olib chiqdi. To'p esa darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

3. Xavfli vaziyat! Baumgartner zarba poziciyasiga chiqdi va o'ng oyog'i bilan darvozani nishonlashga urinib ko'rdi. Ammo, unga aniqlik etishmadi.

1. GOOOOOL!!! Turkiya terma jamoasi hisobni ochdi! Demiral turklarning hujumiga gol bilan nuqta qo'ydi.

1. O'yin boshlandi.

— Davlatlar madhiyasi yangramoqda.

— Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

— Barchaga salom. Bugun sizlar bilan birgalikda Evro-2024 1/8 final doirasidagi Avstriya — Turkiya o'yinini kuzatib boramiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика