So’nggi yangiliklar

10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  1 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  1 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  6 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1

Evro-2020. Niderlandiya raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to'p kiritdi, Veynaldumdan dubl Yangiliklar

Evro-2020. Niderlandiya raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to'p kiritdi, Veynaldumdan dubl

Evropa chempionati "C" guruhi 3-turi doirasidagi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Amsterdam, "Yoxan Kroyff Arena". 21:00

Bosh hakam: Ishtvan Kovach (Ruminiya)

Qanot hakamlari: Vasile Florin Marinesku va Ovidiu Artene (ikkisi Ruminiya)

Zaxira hakami: Georgiy Kabakov (Bolgariya)

VAR hakami: Marko Di Bello (Italiya)

VAR hakami yordamchilari: Paolo Valeri (Italiya), Li Betts (Angliya) va Pavel Gil (Polsha)

SHimoliy Makedoniya – Niderlandiya 0:3 

"Yoxan Kroyff Arena"

Gollar: Memfis Depay 24', Jorjino Veynaldum 51', Jorjino Veynaldum 58'

SHimoliy Makedoniya: 1.Stole Dimitrievski – 13.Stefan Ristovski, 14.Darko Velkovski, 6.Visar Musliu, 8.Ezjan Alioski – 17.Enis Bardi (18.Vlatko Stoyanovski, 78), 5.Ariyan Ademi (16.Boban Nikolov, 78), 7.Ivan Trichkovski (25.Darko CHurlinov, 57), 21.Elif Elmas, 9.Aleksandar Traykovski (11.Ferxan Xasani, 68) – 10.Goran Pandev (15.Tixomir Kostadinov, 68)

Zaxira: 12.Risto Yankov, 22.Risto Yankov, 3.Joko Zaykov, 4.Kire Ristevski, 19.Krste Velkoski, 20.Stefan Spirovski, 24.Daniel Avramovski

Niderlandiya: 1.Marten Stekelenburg – 6.Stefan de Vrey (25.Yurrien Timber, 46), 3.Matteys de Ligt, 17.Deyli Blind – 21.Frenki de Yong (26.Kodi Gakpo, 79), 12.Patrik van Anxolt, 22.Denzel Dyumfris (7.Stiven Bergeys, 46), 16.Rayan Gravenberx, 8.Jorjino Veynaldum – 10.Memfis Depay (19.Vaut Vegxorst, 66), 18.Doniell Malen (11.Kuinsi Promes, 66)

Zaxira: 13.Tim Krul, 23.Marko Bizot, 2.Yoel Veltman, 4.Natan Ake, 9.Lyuk de Yong, 14.Devi Klassen, 24.Ten Kopmeyners

Ogohlantirishlar: Stefan Ristovski (18), Visar Musliu (48), Ezjan Alioski (65), Tixomir Kostadinov (84).

Uchrashuv nihoyasiga etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

Endilikda Niderlandiya nimchorak finalda "D" guruhida 3-o'rinni olgan termaga qarshi bahs olib boradi.

Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi.

88. Zarbaaaa!  de Ligtning zarbasini Dmitrievski qaytarishga erishdi. Qoyilmaqom seyv! 

86. Zarba!  Vaut Vegxorstning kuchli zarbasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

84. Kostadinov Bergeysga nichbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

79. Niderlandiyada almashtirish: Frenki de Yong o'rniga Kodi Gakpo o'yinga qo'shildi.

78. SHimoliy Makedoniyada 2 ta o'zgarish: Ademi o'rniga Nikolov, Bardi o'rniga Stoyanovski tushdi. 

76. Ajoyib vaziyat. Stiven Bergeys yaqin burchakni nishonga oldi, ammo himoyachi zarba yo'liga g'ov bo'ldi.

73. Yurrien Timber uzoqdan kuchli zarba yo'lladi, biroq Dmitrievski munosib harakat qildi va zarba unga qiyinchilik tug'dirmadi.

72. GOOOOL!  Darko CHurlinov gol urdi, lekin afsuski, u o'yindan tashqari holatla qolgan edi. 

69. Termadagi faoliyatini tugatgan Goran Pandevni yo'lak hosil qilgan holda kuzatib qo'yishdi. Hamma qarsak chaldi. Uni SHimoliy Makedoniya bosh vaziridan tortib, Niderlandiya tirik afsonasi Sneydergacha olqishlashdi. 

68. SHimoly Makedoniyada 2 ta almashtirish: Traykovski o'rniga Xasani, Pandev o'rniga Kostadinov maydonga tushdi. 

67. Zarba!  Vegxorstning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

66. Niderlandiyada 2 ta o'zgarish: Malen o'rniga Promes, Depay o'rniga Vegxorst tushirildi. 

65. Bergeysni yiqitgan Alioskiga sariq kartochka berildi.

61. Zarba!  Jorjino Veynaldumga yaxshi pas keldi, ammo uning zarbasi darvozaga aniq bormadi.

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Depayning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'p Veynaldumga keldi va u darvozani ishg'ol etib, o'z dublini rasmiylashtirdi – 0:3! 

57. SHimoliy Makedoniyada almashtirish: Ivan Trichkovski o'rniga Darko CHurlinov tushdi.

54. Rayan Gravenberxning zarbasi darvozaga aniq bormadi. Imoliy Makedoniya erkin zarbaga ega bo'ldi.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Depayning markaz tomon uzatmasidan keyin Veynaldum deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritdi – 0:2! 

50. Zarba!  de Ligtning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng Trichkovski darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytardi. Dahshat! 

48. Visar Musliu Depayni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi.

46. Niderlandiyada 2 ta o'zgarish: Stefan de Vrey o'rniga Yurrien Timber, Denzel Dumfris o'rniga Stiven Bergeys o'yinni davom ettiradi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Depay ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. "Barselona" yangi azosi chap qanotdan ichkariga yorib kirdi, uchta raqibini aldab, pas uzatdi, ammo unga sheriklaridan hech kim uglurmadi.

41. Enis Bardi burchak zarbasidan pas uzatgach, Visar Musliu bosh bilan zarba berdi, ancha noaniq.

40. Zarba!  Enis Bardining o'rta masofadan bergan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

37. Dyumfris o'ngda Alioskidan to'pni olib qo'yib, ichkariga pas uzatmoqchi bo'ldi, biroq Alioskining o'zi xatosini to'g'riladi va "podkat" orqali to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

35. Depay raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilshga harakat qildi, biroq u to'pni qo'li bilan o'ynadi. 

31. Zarbaaa!  Doniell Malenning zarbasigi ozgina aniqlik etishmadi.

30. Denzel Dyumfris qulay imkonyaitdan foydalana olmadi. Dmitrievski ishonchli o'ynadi va o'yindagi eng yaxshi seyvni namoyish qildi!

29.  Zarba!  Traykovskining uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.

26. Gol VARda tekshirildi va inobatga olindi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Malenning pasidan keyin Memfis Depay darvozani ishg'ol etdi – 0:1!  

22. Zarba!  Aleksandr Traykovskining zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 

21. Ezjan Alioski to'pni ichkariga oshirdi. Yaxshi uzatma, ammo himoyachilar ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirishdi.

19. Denzel Dyumfris hammadan baland sakrab, bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

18. Etiroz uchun Stefan Ristovskiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

17. Ariyan Ademiga tibbiy yordam zarur. U maydonda yotgan holda shifokorlarning yordamini kutyapti. 

14. Van Anxolt chap qanotdan Depayni ko'zlab, ichkariga pas uzatdi, Velkovski xavfni bartaraf qildi.

12. Frenki de Yong Malenni chap qanotdan oldinga boshladi, ammo forvaod ancha kech yugurdi va to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

9. GOOOOL!   Ivan Trichkovski darvozani ishg'ol qildi, ammo u ofsaydda bo'lgan ekan.

8. Traykovski Ristovskining uzatmasiga ega chiqishga urindi, ammo hujumchi de Yongga niqbatan qoidani buzdi.

6. Alioski chap qanotdan bir necha marta to'pni "aut"dan o'yinga kiritdi. Aslida mehmonda o'aynyotgan nominal mezbonlar yaxshi tempda harakat qilishyapti,  Angelovski qanotda faol.

4. SHimoliy Makedoniya to'pni o'zida saqlab turibdi. O'yinchilar qisqa va o'rta pas bilan o'ynashmoqda.

2. Bugungi bahsni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqarib boradi.  

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Evro-2020 "C" guruhi 3-turi doirasidagi SHimoliy Makedoniya – Niderlandiya bahsi o'tkaziladi. Ushbu o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика