So’nggi yangiliklar

20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  0 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 20:15Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  8 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  1 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  22 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  21 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  36 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  14 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  1 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  3

EVRO-2016ni o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan 10 futbolchi Yangiliklar

EVRO-2016ni o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan 10 futbolchi

Teglar :  EVRO-2016
Yozda Franciya yashil maydonlarida futbol bo'yicha Evropa chempionati bo'lib o'tadi.

Turli sabablarga ko'ra ushbu Evropa chempionatiga bora olmaydigan 10 nafar futbolchi bilan tanishtiramiz.

O'tgan dam olish kunlari "Yuventus" yarim himoyachisi Klaudio Markizio og'ir jarohat oldi va yarim yilga safdan chiqdi. O'tgan Evropa chempionatida Markizio finalda o'ynagandi. Bu safargisini televizor orqali ko'radi. 


Yosh va baquvvat himoyachi Kurt Zuma "CHelsi"da Gari Keyxillni zaxiraga o'tkazib qo'ygandi. Biroq "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda olgan og'ir jarohati bois o'z mamlakatidagi Evro-2016da qatnasha olmaydi. 


Mattia Perin JCH-2014ga Italiyaning uchinchi darvozaboni sifatida borgandi. "Jenoa" darvozaboni Franciyaga ham borishi kutilayotgandi, biroq tizzasidan jarohat oldi. Perin hali yosh va kelajakda ko'plab chempionatlarda ishtirok etishi turgan gap. 


Irlandiyalik Alan Djaj eng katta orzusidan ayrildi. 27 yoshli yarim himoyachi Angliya chempionshipida "Brentford" klubi safida mavsum davomida 14ta gol urdi va 11ta golli pas oshirdi. Terma jamoada debyut ham qildi. Biroq yaqinda "Ispvich"ga qarshi bahsda oyog'ining ikki suyagi sindi...


Kurt Zumada kelajakda Evropa chempionatlarida o'ynashi mumkin. Biroq Kris Brantda bunday imkoniyat bo'lmasa kerak. Sababi "Vest Bromvich"ning 31 yoshli futbolchisi SHimoliy Irlandiya terma jamoasi bilan EVRO-2016ga yo'llanma oldi, biroq tizzasidan og'ir jarohat olib uzoq vaqtga safdan chiqdi. 


Rossiyada uzoq yillardan buyon o'ynab kelayotgan Danni faoliyatida uchinchi bor og'ir jarohat oldi. Aynan tizzasidagi jarohat tufayli portugaliyalik futbolchi Evro-2012ni o'tkazib yuborgandi, endi Evro-2016ga ham bora olmaydi...


Oktyabr oyida Tim Krul jarohat olib safdan chiqqach "Nyukasl"da irlandiyalik Rob Elliot asosiy posbonga aylanib olgandi. Biroq Elliotning o'zi ham kutilmaganda jarohat oldi qita chempionatiga bora olmaydigan bo'ldi. 


28 yoshli portugaliyalik qanot himoyachisining faoliyatida pasayish kuzatilmoqda. "Real"dda o'ynab keta olmagach "Monako"da ijaraga berilgandi. Biroq jarohatlar tufayli bu klubda ham kam maydonga tushayotgandi. Mashg'ulotlardan birida olgan jiddiy jarohati unga Evro-2016ga borish yo'llarini yopdi. Fabio JCH-2014ga borgandi, biroq birinchi o'yindayoq jarohat olib Portugaliyaga aytarli yordam bera olmagandi.


Franciyadagi Evropa chempionatida angliyalik darvozabon Jek Batlend qatnasha olmaydi. 23 yoshli posbon "Stok Siti"da ajoyib mavsum o'tkazayotgan edi. U Jo Xartning munosib raqobatchisi edi. Biroq Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. To'rt yil oldin Jon Raddining jarohati tufayli Batlend Evro-2012ga borgandi. Endi Batlend Raddining taqdirini takrorladi...

Karim Benzemada hech qanday jarohat yo'q. Xullas - no comment


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика