So’nggi yangiliklar

17:00Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:0 (матнли трансляция)  0 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" (матнли трансляция)  6 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  0 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  3 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  14 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  10 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  43 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  6

EVRO-2016. O'yinlar qaysi stadionlarda bo'lib o'tadi? FOTO Yangiliklar

EVRO-2016. O'yinlar qaysi stadionlarda bo'lib o'tadi? FOTO

Evropa chempionati boshlanishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi.

10 iyun kuni Franciya va Ruminiya terma jamoalari o'rtasidagi ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bir qator futbol yulduzlari Franciyadagi qita chempionati haqida o'ylashni boshlab yuborishdi.

Ko'hna qitaning bir yo'la 24ta jamoasi Evropa chempionatida ishtirok etadi. Albaniya, Islandiya, SHimoliy Irlandiya, Slovakiya va Uels kabi jamoalar Evroda debyut qilishadi.

EVRO-2016 o'yinlari Franciyaning 10ta shahrida bo'lib o'tadi. Biz musobaqa uchrashuvlari o'tkaziladigan 10ta stadion haqida malumot beramiz.


"Stad-de-Bordo" (Bordo)
Bordo shahridagi "Stad-de-Bordo" stadionining ochilish marosimi 2015 yilning may oyida bo'lib o'tdi.

"Stad-de-Bordo"
Sig'imi:
42000
Stadion egasi: "Bordo" klubi
Ochilgan sana: 2015 yil may oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining to'rtta o'yini va bitta chorak final uchrashuvi.



"Feliks Bollar-Delelis" (Lans)
EVRO-2016dan oldin "Feliks Bollar-Delelis" qayta tamirlandi.

"Feliks Bollar-Delelis"
Sig'imi:
35000
Stadion egasi: "Lans" klubi
Ochilgan sana: 1933 iyun oyi
Qayta tamirlashdan keyin ochilgan sana: 2015 avgust oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining uchta o'yini va bitta nimchorak final uchrashuvi



"Per Morua" (Lill)
2012 yil avgust oyida ochilgan "Per Morua" stadionida harakatlanuvchi tom bor.

"Per Morua"
Sig'imi:
50000
Klub egasi: "Lill" klubi
Ochilgan sana: 2012 yil avgust oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining to'rtta o'yini, bitta nimchorak va bitta chorak final uchrashuvi



"Stad-de-Lion" (Lion)
"Lion"ning yangi stadioni hisoblangan "Stad-de-Lion" 2016 yil yanvar oyida ochiladi.

"Stad-de-Lion"
Sig'imi
: 59000
Klub egasi: "Lion" klubi
Qayta tamirlashdan keyin ochilgan sana: 2016 yil 9 yanvar
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining to'rtta o'yini, bitta nimchorak va bitta yarim final uchrashuvi



"Velodrom" (Marsel)
"Velodrom"ning rekonstrukciyasi 2014 yilda o'z yakuniga etgan.

"Velodrom"
Sig'imi:
67000
Stadion egasi: "Marsel" klubi
Ochilgan sana: 1937 yil iyun oyi
Qayta tamirlashdan keyin ochilgan sana: 2014 yil oktyabr oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining to'rtta o'yini, bitta chorak va bitta yarim final uchrashuvi


 
"Stad-de-Nis" (Nicca)
"Stad-de-Nis" 2013 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirilgan.

"Stad-de-Nis"
Sig'imi:
35000
Stadion egasi: "Nicca" klubi
Ochilgan sana: 2013 yil sentyabr oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining uchta o'yini va bitta nimchorak final uchrashuvi



"Park-de-Prens"
"Park-de-Prens" stadionida hozirga qadar Evrokuboklarning 6ta finali bo'lib o'tgan.

"Park-de-Prens"
Sig'imi:
45000
Stadion egasi: "Pari Sen-Jermen"
Ochilgan sana: 1972 yil may oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining to'rtta o'yini va bitta nimchorak final uchrashuvi



"Stad-de-Frans" (Sen Deni)
1998 yilgi Jahon chempionatidan oldin qurib bitkazilgan "Stad-de-Frans" stadionida Evro-2016 finali bo'lib o'tadi.

"Stad-de-Frans"
Sig'imi:
80000
Stadion egasi: Franciya terma jamoasi
Ochilgan sana: 1998 yil yanvar oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining to'rtta o'yini, bitta nimchorak final, bitta chorak final va final uchrashuvi



"Joffrua Gishar" (Sent Eten)
"Sent-Eten" klubining stadioni hisoblangan "Joffrua Gishar" 1931 yilda ochilgan.

"Joffrua Gishar"
Sig'imi
: 42000
Stadion egasi: "Sent-Eten"
Ochilgan sana: 1931 yil sentyabr oyi
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining uch o'yini va bitta nimchorak final uchrashuvi



"Stadom-de-Tuluz" (Tuluza)
JCH-1938dan oldin ochilgan "Stadom-de-Tuluz" EVRO-2016 o'yinlarini qabul qiladigan eng “keksa” stadion bo'ladi.

"Stadom-de-Tuluz"
Sig'imi:
33000
Stadion egasi: "Tuluza" klubi
Ochilgan sana: 1937 yil
EVRO-2016dagi o'yinlar: Guruh bosqichining uch o'yini va bitta nimchorak final uchrashuvi


 

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика