So’nggi yangiliklar

23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  22 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  17 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  376 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  22 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  36 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  10 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  28 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  407 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8

EVRO-2000. Franciya – Portugaliya uchrashuvi yodingizdami? Yangiliklar

EVRO-2000. Franciya – Portugaliya uchrashuvi yodingizdami?

Teglar :  Evro-2000
Bu yarim final to'qnashuvi bo'lib, g'alaba qozongan terma jamoani Evropa chempionati finali kutib turardi.

Demak, Bryusseldagi o'yin tafsilotlarini birgalikda yodga olamiz. 

1984 yilgi Evropa chempionati yarim finalidagi dueldan keyin, oradan 16 yil o'tgach, Franciya va Portugaliya terma jamoalari final ostonasida yana uchrashishdi. 

Franciya amaldagi jahon chempioni sifatida EVROni yutgan tarixdagi yagona jamoaga aylanishni orzu qiladi. Belgiya va Niderlandiyada bo'lib o'tgan turnirda Roje Lemerr jamoasi guruh bosqichidagi ikkita o'yindan so'ng chorak finalga chiqish masalasini hal qiladi, 1/8 finalda ispanlariyaliklar ustidan 2:1 hisobida zafar quchishadi. 

Franciyaliklarni navbatda turnirni ajoyib o'tkazgan Portugaliya kutib turadi. Portugaliyaliklar guruhda ochko yo'qotishmaydi va hech qanday yo'qotishlarsiz etib keladi. 

Portugaliya 1984 yilgi Evropa chempionati yarim finalida farciyaliklardan (2:3 hisobida) alamli mag'lubiyatga uchragan. Ular bu uchun qasos ola bilganmi? Bryusseldagi o'yin quyida bu savolga aniq javob beradi.


Asosiy o'yinchilar

Terri Anri: "Arsenal"ning tezkor hujumchisi garchi hali o'spirin bo'lsa-da, 1998 yilda bo'lib o'tgan Jahon kubogida Franciyaning eng yaxshi merganiga aylangandi. "To'pchilar" safidagi debyut mavsumida 26 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etishi bilan birgalikda EVRO-2000 musobaqasida 2 ta gol uradi.


Nunu Gomesh: Portugaliyaliklarning asosiy yulduzi Luish Figu edi, lekin qoida tariqasida gollarni Gomesh urardi. EVRO-2000dan keyin "Fiorentina"ga o'tgan "Benfika" hujumchisi ushbu Evropa chempionatida 3 ta gol uradi (shulardan 2 tasida turkiyaliklarni ranjitgan).


Zinedin Zidan: 1984 yilda Franciya etakchisi Mishel Platini edi, biroq 2000 yilda Zidan barchasini o'z gardaniga olgandi. O'sha Evropa chempionatida "Real" yarim himoyachisi har taraflama o'zini namoyon eta olgan. U terma jamoa o'yinini nazorat qilar, maydonning har qanday qismidan turib jamoadoshlarini topa olar, mohir texnikasi va nozik uzatmalari bilan ajralib turardi. SHuningdek, Zidan "standartlar"dan ustamonlik bilan foydalanardi – isbot sifatida Ispaniya bilan bahsdagi jarima zarbasini eslash kifoya.


Nima sodir bo'lgan?

Franciya sardori Dide Desham terma jamoadagi 100-o'yinida hisobni ochishi mumkin edi, ammo buning o'rniga to'pni to'g'ridan-to'g'ri Vitor Bayya tomon tepadi. 

19-daqiqada Nunu Gomeshning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan kutilmagan va ajoyib zarbasi Faben Bartez darvozasidan joy oladi – 0:1. Portugaliyaliklar shu tariqa hisobda oldinga chiqib oladi. 

Tanaffusgacha Anri deyardi 11 metrlik masofadan gol urib, hisobni tenglashtiradi – 1:1.  

Ikkinchi bo'limda Portugaliya vakili Abel SHaverning "ikkinchi qavat"dan yo'llagan zarbasini Bartez qaytaradi va Franciyani qutqarib qoladi. Bu ko'pchilikka xuddi 16 yil oldingi voqeani eslatadi.

1984 yilda franciyaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da,  lekin bu safar "oltin gol" qoidasi amalda edi, demakki, jamoalar qo'shimcha vaqtda bittadan ko'p gol ura olishmaydi.

Vaziyat keskinlashib boradi, barchaga qo'shimcha daqiqalardan keyingi penaltilar seriyasi yaqin qolgandek tuyuladi, ammo... SHaver o'z jarima maydonchasida to'pni qo'l bilan o'ynagani bois Portugaliya darvozasi tomon penalti belgilanadi. 


"Nuqta"ga yaqinlashgan Zidan, penaltini muvaffaqiyatli amalga oshiradi – 2:1. Franciya finalda!



O'yindan so'ng kim nima degan? 

Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Zinedin Zidan: "To'p nuqtada turganida, menda hech qanday o'y yo'q edi. Biz ikki soat o'ynadik, ancha kuch yo'qotdik. Oyoqlarim ozroq og'riyotganiga qaramasdan, kuchli zarba berishim shart edi va shunday qildim".

Franciya terma jamoasi himoyachisi Marsel Desayi: "Bugun bizga omad kulib boqmadi. Kuchliroq ekanligimizni isbotlash uchun hamma narsani qildik. O'z vaqtida amalga oshirilgan o'zgarishlar bizga yordam berdi".

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Abel SHaver: "Hammamiz juda xafamiz, chunki Portugaliya imijini o'zgartirishimiz kerak edi. Ammo kelajakda bizni yanada ko'proq hurmat qilishlari kerakligini isbotladik".

Keyin nima bo'ldi?

Ertasi kuni "L'Équipe" nashri "Oltin penalti" nomli maqolani chop etdi. Lemerr jamoasi shunchaki to'xtab qolmadi. Rotterdamda bo'lib o'tgan hal qiluvchi bahsda David Trezegening "oltin goli" tufayli Italiya 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.

Portugaliyaliklarga kelsak, to'rt yildan keyin ular Evropa chempionati finalida Greciyaga yutqazishdi. SHunga qaramay, 2016 yilgi EVROda Portugaliya terma jamoasi o'zini ko'rsatdi, ular franciyaliklardan to'laqonli o'ch olishga muvaffaq bo'lishdi. Portugaliyaliklar "Stad-de-Frans"da bo'lib o'tgan 2016 yilgi Evropa chempionati finalining qo'shimcha vaqtlarida mezbonlar ustidan g'alaba qozona olishdi – 1:0. Bu Portugaliya terma jamoasining xalqaro musobaqadagi ilk g'alabasi edi.


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика