So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Evgeniy CHumak: "Dinamo" Superligada jon saqlash uchun kurashmaydi" Yangiliklar

Evgeniy CHumak: "Dinamo" Superligada jon saqlash uchun kurashmaydi"

2021 yil Pro ligada ikkinchi o'rin bilan Superligaga qaytgan "Dinamo" tayyorgarlikka katta urg'u qaratmoqda.

Samarqandliklar 3 fevral sanasidan etiboran Turkiyaning Side shahrida yangi mavsumga hozirlikni olib boryapti. Jamoaning bugungi mashg'ulotida bo'lgan saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarov ukrainalik yarim himoyachi Evgen CHumakning fikrlarini oldi. 

- "Dinamo" O'zbekistondagi uchinchi jamoangiz hisoblanadi. "Bunyodkor"da etarli o'yin amaliyoti berilmagandi. "Metallurg"dagi faoliyatingiz o'zingiz istagandek kechdimi?

- Andrey SHipilov boshchiligida "Metallurg"dagi faoliyatim 2020 yil boshlandi. Ko'p o'yinlarda to'liq harakat qildim. Keyinchalik esa boshqa murabbiy keldi, u bilan munosabatlarimiz yomon kechdi.  Yangi murabbiy nafaqat men bilan, balki butun jamoa bilan shunday edi. Buni eslashni ham istamasdim. Yuqorida aytganimdek Bekoboddagi ilk yilimdan nolimayman. 

- "Dinamo" bilan yangi mavsumga tayyorgarlik xususida...

- Barchasi rejadagidek ketmoqda. Samarqanddagi yig'inda ko'proq yuklamalar berilgan, jismoniy mashg'ulotlar asosiy planga chiqdi. Turkiyada esa taktika va o'yinni yo'lga qo'yish borasida ishlamoqdamiz. 

- "Dinamo" Superligaga qaytgan jamoa sifatida qaysi o'rinlarga kurashadi?

- Ishontirib aytamanki, muxlislar maydonda borini bermay o'ynayotgan futbolchilarni ko'rishmaydi. CHunki rahbariyat oldimizga vazifa qo'ydi. Hech kim shunchaki maydonga tushmasligi aniq. "Dinamo" Superligada ilk bor ishtirok etayotgani yo'q. SHu bois kamida kuchli beshtalikdan o'rin olishga harakat qilamiz. Pastki o'rinlarda yurmoqchi emasmiz. Jon saqlash uchun kurashmaymiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика