So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

"Everton" yangi stadioni - "Bremli-Mur-Dok" Yangiliklar

"Everton" yangi stadioni - "Bremli-Mur-Dok"

Kuni kecha "Everton" klub muxlislari uchun o'tkazilgan tadbirda yangi arenaning loyihasini taqdim etdi.

Stadion dizayni uchun taniqli muhandis Den Meys masul etib tayinlangan. Uning yorqin ishlariga misol sifatida "Steypls-centr" ko'p tarmoqli sport majmuasini va "Roma"ning yangi stadioni(2020 yilda ochiladi)ni keltirishimiz mumkin.

Stadion SHimoliy Liverpulda quriladi, uni "Bremli-Mur-Dok" deb nomlashlari kutilmoqda. Klub vakillarining fikriga ko'ra, binoning tuzilishi zamonaviy tendenciyalarni (po'lat va shishadan iborat tom) o'z ichiga oladi. Yangi majmuaning narxi 500 million funtni tashkil qiladi.

Sky Sports malumotlariga ko'ra, yangi o'yingoh 52 mingdan 62 minggacha kishini ("Gudison"da 40 mingdan ko'proq edi) o'z bag'riga sig'dira oladi. Qurilish 2023 yoki 2024 yilda o'z yakuniga etadi. SHaharning bu hududida stadion qurilishi iqtisodiyotni jonlantiradi va Buyuk Britaniyaning eng qashshoq joylaridan biri hisoblangan Liverpulning shimoli tiklanishiga xizmat qiladi. 

CBRE xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yangi stadionning qurilishi shahar iqtisodiyotini 1 milliard funtga ko'paytiradi va 15 000 yangi ish o'rinlarini yaratadi - mahalliy oilalar byudjetiga 34 million funt sterling foyda keltiradi.

Eski "Gudison Park"ni "Bremli-Mur-Dok" qad ko'tarishi bilan buzib yuborishadi. "Everton" eski stadion er maydonini sotmoqchi emas va bir qator jamoat tashabbuslari uchun ishlatmoqchi.

"Everton" bosh direktori Denis Barrett-Baksendeyl qurilishni klub va shahar uchun aqlbovar qilmas davr deb atadi.

"Birinchidan, bu futbol stadioni. Bu klubga o'z maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradi va muxlislar ham o'yindan zavq olishlari mumkin bo'ladi. SHuningdek, stadion butun shahar ahli uchun - hudud ramzi bo'lib xizmat qiladi, rivojlanishga turtki beradi."

SHerzod Nurmatov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика