Eva Karneyro: "CHelsi"dan ketganimdan so'ng, deyarli bir yil futbol ko'ra olmadim"
30 sen 2017 12:51
Yangiliklar
Eva Karneyro: "CHelsi"dan ketganimdan so'ng, deyarli bir yil futbol ko'ra olmadim"
2015/16 mavsumning ikl turida, "Suonsi Siti"ga qarshi bahsda (2:2) o'sha payt ko'klar ustozi bo'lgan Joze Mourino tibbiy shtab xizmatlaridan norozi bo'lgan. Eva "CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azarga yordam ko'rsatish uchun maydonga chiqqan paytda, Mourino etiroz bildirib, u g'alaba qozonish uchun kerak bo'ladigan vaqtni olayotganini aytgan. O'sha voqeadan so'ng uni ishdan haydab yuborishgan.
"Futbolga qaytish uchun takliflarni rad etdim. To'g'risini aytsam, bir yil futbol o'yinlarini ko'ra olmadim. "Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi CHempionlar ligasi finali o'tgan yili men ko'rgan yagona bahs bo'ldi. Juda qiynaldim. Hammasi to'yim o'tishi kerak bo'lgan sanadan oldin yuz berdi. Ammo hammasidan voz kechishga to'g'ri keldi" - deydi Karneyro.
2016 yilning iyunida "CHelsi" Karneyro bilan uning sud ishi bo'yicha kelishuvga erishganini malum qildi, hamda rasman uzr so'radi.
Fikrlar