So’nggi yangiliklar

15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  20 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  8 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  15 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  5

Janni Infantino O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo'lladi Yangiliklar

Janni Infantino O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo'lladi

Futbol associaciyalari xalqaro federaciyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo'lladi.

“Janobi Oliylari,

Hurmatli Prezident!

Kecha O'zbekiston o'z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo'lib JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.

Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O'zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo'lgan barchaning birgalikdagi say-harakatlari va qatiy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O'zbekiston futbol associaciyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo'llayman.

Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика