So’nggi yangiliklar

01:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  21 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  1 00:23ЕЧЛ. Барча учрашувларнинг онлайн ҳисоби битта саҳифада   2 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  0 23:08ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:47Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  12 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  48 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  316 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  5 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14

Etakchilarning yirik g'alabalari, "Ramon Sanches Pisxuan"dagi "gollar yomg'iri"... La Liganing 25-turi nimalari bilan yodda qoldi? Yangiliklar

Etakchilarning yirik g'alabalari, "Ramon Sanches Pisxuan"dagi "gollar yomg'iri"... La Liganing 25-turi nimalari bilan yodda qoldi?

O'tgan haftada Ispaniya La Ligasining 25-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

"BARSELONA" "JIRONA"GA 6 GOL URDI

Kataloniyaning mini-derbisida "Barselona" kutilganidek g'alaba qozondi. "CHelsi" bilan o'ynalgan durangdan keyin Valverde jamoasi elkasidagi og'ir yukni tushurishi va keyingi bahslar uchun masuliyatli bo'lishi uchun 3 ochko olishi kerak edi. Vazifa bajarildi - etakchi jamoa katta ishtaha bilan raqibni dog'da qoldirdi, 3 ochko esa "Barselona" uchun oddiy hol.


"Jirona"ning o'yinga bunday past nazar bilan qaragani tushunarsiz. Mehmonlar o'z o'yinlarini g'alati tarzda tashkil etishdi, himoya va yarim himoya orasida katta bo'shliq yaratib berishdi. Kichik to'p oshirishlarda ham qo'pol xatoliklar ko'p kuzatildi. Pablo Machinaning "mashinasi" o'sha kuni "buzilib qoldi".

"Barselona" raqib jarima maydonchasi yonida ko'proq o'ynadi. Suares xet-trikni qayd etdi, Messi ikki bora darvozani ishg'ol etdi. Koutino bir bora gol urdi, uni ham uzoq masofadan kiritdi. Qayd etish kerak, Usmon Dembele o'z hisobiga bir assistentlikni yozib qo'ydi. "Jirona" shuncha golga bir marta javob berdi. U 3-daqiqadayoq "Barselona"ning xatosidan unumli foydalandi. O'shanda o'yin mezbonlar uchun qiyin kechishi kutilgandi.

"Barselona" ishonch bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Jamoaning "zaxira" ochkolari ko'p emas. "Atletiko" 5 ochkoga ortda qoldirilmoqda. 4 mart kuni "Kamp Nou"da ikki etakchi o'zaro bahs olib boradi. "Barselona" o'sha bahsning final hushtagidan keyin ko'p masalalarni hal qilishi mumkin.


"ATLETIKO" SAFARDA "SEVILYA"NI MAG'LUB ETDI



"Atletiko"ning asosiy raqobatchisi "Barselona" bir necha oydan beri mag'lub bo'lmayapti va ochkolar yig'ishda davom etmoqda. Vinchenco Montellaning "Sevilya"sini Simeone jamoasi katta muammolar bilan mag'lub etdi.

Andaluziyaliklar o'yinni yaxshi boshlashdi: tezkor hujumlar ayyor kombinaciyalar va qattiq pressing orqali raqibni taxlika ostida ushlab o'tirishdi. "Sevilya" 3-daqiqadayoq golga yaqin keldi. Muriel qulay vaziyatdan Oblak darvozasini ishg'ol eta olmadi.
Bunday o'yinlarni kichik detallar hal qiladi. 29-daqiqada Banega o'z darvozasi oldida xatoga yo'l qo'ydi. Bundan Diego Kosta unumli foydalandi. Kutilmaganda o'tkazib yuborilgan gol "Sevilya"ni biroz tushkunlikka tushirdi. Oqibatda mehmonlarning hujumlari xavflilashib boraverdi. 42-daqiqada Grizmann Serxio Rikoning ojiz nuqtasini topa oldi.
"Sevilya" kichik nok-daun holatiga tushib qoldi. Holat taymda o'zgarmadi. "Atletiko" ishtiyoq bilan "Sevilya" stadionida hujumlar uyushtirdi. Ikkinchi bo'limda yana 3 gol kiritildi - bittasi Koke, qolganlarini Grizmann urdi.

"Sevilya" xato qildi, o'yin o'xshamadi, final hushtagi chalinguncha Sarabiya va Nolitoning urgan gollari muxlislarni xursand qilmadi.


SANTI MINA "VALENSIYA"NI QUTQARMOQDA



Ancha vaqtdan buyon oltin medallar uchun kurashmayotgan "Valensiya" tempni ushlab tura olmadi va 4-o'ringacha tushib ketdi. Endi Marselino jamoasi "Real" bilan uchinchi o'rin bahs olib boradi.
25-turda "ko'rshapalaklar" San-Sebastyan klubi bilan to'qnash keldi. O'tgan mavsumda evrokubok pog'onasini egallagan "Real Sosedad" garchi bu yil chiroyli o'yin namoyish etayotgan bo'lsa-da, mezbonlar bilan tengma-teng o'ynadi. Valensiyaliklar biroz kuchliroq, Santi Mina yaxshi formada edi. Uning dubli evaziga qozonilgan g'alaba tufayli Marselino jamoasi "Real"ga biroz bo'lsa-da yaqinlashib oldi.


"EYBAR" KETMA KET IKKINCHI MARTA MAG'LUB BO'LDI



"Selta" bir necha omadsiz uchrashuvlardan keyin ham evrokuboklar pog'onasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Unsue jamoasiga "Eybar"ga qarshi bahs uchun yaxshi taktikani tanlay oldi. Bu esa muxim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritilishiga omil bo'ldi.

"Eybar" har doimgidek yaxshi bosim uyushtirdi va hujumlari xavfliroq chiqdi. Inui yaqin masofadan bir necha bor aniq zarbalarni yo'llay olmadi. "Selta" esa raqib xatosini kutib, qarshi hujumlarda o'ynadi. Pione Sisto hamda Maksi Gomez raqib darvozabonini bir necha bor sinovdan o'tkazdi.

O'yinni 2-bo'lim hal qildi. 56-daqiqadagi golda mezbonlarning Aspas va Emre Mor tandemi o'zini ko'rsatdi. Undan keyin "Eybar" shoshilishni boshladi, xatolar ko'paydi, bundan "Selta" unumli foydalandi. Qarshi hujumda Maksi Gomez raqib darvozasini ishg'ol etdi. Uchrashuvda "Eybar"ga tajriba va ayyorlik etishmadi. Ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. "Selta" esa raqibiga futbol qanday o'ynalishini ko'rsatib berdi.


Boshqa uchrashuvlar haqida:

1. "Deportivo" va "Espanol" uchrashuvida hisob ochilmadi. Mezbonlar hali ham quyi ligaga tushib ketish xavfida.

2. SHunday hisob Leganesda ham qayd etilmadi. U erdan "Las-Palmas" ochko bilan qaytdi.

3. "Vilyarreal" Serxio Asenxoning qahramonligi evaziga "Xetafe"ni mag'lub etdi, 1:0.

4. "Atletik" esa nihoyat g'alabaga erishdi. "San-Mames"da ular "Malaga"ni dog'da qoldirdi.

5. "Betis" "Levante" bilan uchrashuvda muammolarga duch kelmadi, 2:0.

6. "Real" o'z maydonida "Alaves"ni mag'lub etdi, 4:0.


SHuningdek:

1. "Barselona" hujumchisi Leo Messi Ispaniya chempionatidagi rekordni o'rnatdi. Forvard "Jirona"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. "Jirona" - Messi Primero doirasida gol urgan 36-jamoaga aylandi. Argentinalik futbolchi "Real" forvardi Raul hamda "Atletik" azosi Aric Aduricdan o'tib ketdi.

2. Messi Luis Suaresning goliga assistentlik qildi. Bu esa uning Ispaniya chempionatida 404 o'yinidagi 147-hammuallifligidir. Bu esa so'nggi 40 yildagi eng yaxshi natijadir.

3. "Real" bu mavsum barcha turnirlarda 100tadan oshiq gol kiritgan ilk jamoaga aylandi. "Alaves"ga (4:0) qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi, Garet Beyl hamda Karim Benzema esa bittadan gol kiritdi. Bu "Real"ning 100, 101, 102 hamda 103-gollari bo'ldi. Madrid jamoasi hisobida: La Ligada 62, Ispaniya kubogida 11, Ispaniya Superkubogida 5, CHempionlar ligasida 20, Evropa Superkubogida 2, klublar o'rtasidagi JCHda 3 gol bor. "Barselona" Primeroda 62, Ispaniya kubogida 19, ECHLda 10, va Ispaniya superkubogida 1 gol kiritishga erishdi.

4. "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann xet-trik qayd etdi va golli pas berdi. Franciyalik futbolchi Ispaniya chempionatidagi gol+pas (16+10) tizimidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

5. "Sevilya" – "Atletiko" (2:5) uchrashuvida bosh hakam Xuan Martines Munuera mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Madridliklar uchun bu penalti mavsumdagi birinchisi edi. "Atletiko" so'nggi 30 uchrashuvda penalti tepmagandi. So'nggi marta "Atletiko"da bunday holat 1942/43 yilgi mavsumda kuzatilgandi. O'shanda jamoa ketma ket 32 uchrashuvda 11 metrlik jarimani amalga oshirmagandi.

6. "Vilyarreal" darvozaboni Serxio Asenxo "Xetafe"ga (1:0) qarshi o'yinda ikki marta: 36-daqiqada Anxel Rodriges, 51-daqiqada esa Xorxe Molinaning penaltisini qaytardi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика