So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Eshitdik-da: Usmon Toshev U-19 bosh murabbiyi, bu xato emasmi? Yangiliklar

Eshitdik-da: Usmon Toshev U-19 bosh murabbiyi, bu xato emasmi?

Bizgacha etib kelgan malumotlarga qaraganda Usmon Toshev O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanar ekan.

Usmon Toshev kuchli mutaxassis, bilimi joyida. Lekin u kishini anchadan beri murabbiylik postida biror natija bajarganini ko'rmay qo'yganmiz. Bundan 10 yilcha oldin "Buxoro"da ishlagan, biroq natijalari pasayib ketgani uchun istefoga chiqqandi. 

Oxirgi paytlarda esa Usmon Toshev asosan O'FA seminarlarida ishtirok etib yurdi. Bu mutaxassis birorta terma jamoada aytaylik maslahatchi murabbiy bo'lib ishlashi mumkindir. Ammo bolalar futbolida bosh murabbiy bo'lishi uchun tajribasi yo'q deb o'ylaymiz. Yoshlar murabbiyi katta klubda ishlashi qiyin bo'lganidek, kattalar bilan yurgan kichiklarga moslashishi qiyin.

Usmon Toshevning U-19 terma jamoamizga bosh murabbiy bo'lishi haqidagi xabar hali rasman chiqmagan va tasdiqlanmagan ham. Bu hozircha faqat eshitganimiz xolos. Malumki, 2019 yilda 2001 va 2004 yillarda tavallud topgan terma jamoalarimiz uchun Osiyo chempionatiga saralash bahslari boshlanadi.

Avvallari bu yoshdagi terma jamoalar ikki yil oldin tayyorgarlik rejasini ishlab chiqardi. SHuning uchun ham biz MDH davlatlari ichida yoshlar hamda o'smirlar o'rtasida jahon chempionatlarida ishtirok etish borasida etakchimiz. Bu natijalarni esa o'sha yoshlar bilan to'g'ri ishlash va samarali selekciya olib borish bilan erishilgan. SHuning uchun ham o'smir va yoshlar terma jamoalariga o'sha avlod bilan tanish bo'lgan mutaxassislar tayinlansa yaxshi bo'lardi.

Yana bir gap. Usmon Toshev o'tgan yil "Andijon"ni boshqarib jamoani Superligaga olib chiqa olmadi. Buning natijasida andijonlik muxlislar qanchalik undan norozi bo'lganini ham bilamiz. Albatta, Usmon Toshev yaxshi mutaxassis, futbolni tushunadi, lekin u kishi ko'proq nazariy bilim berishga, yani futboldan dars o'tishga loyiqroq. Amaliyotda esa bu murabbiy nimadir natija ko'rsatganini hali ko'rmaganmiz. Yurtimizda Toshevga o'xshash murabbiylar bor, masalan Vadim SHodimatov, Islom Ahmedov, SHamil Isaev shular qatorida. Ularga ko'proq futbol metodikasidan dars berish yoki murabbiylarni o'qitish yarashadi.

SHu o'rinda O'FAga taklifimiz qaysi yoshdagi terma terma jamoa bo'lmasin, bosh murabbiy tayinlayotganda etti o'lchab bir kesgan maqul. CHunki murabbiy natija ko'rsatish bilan birga o'sha yoshdagi bolalarning kelajagi uchun javobgar bo'ladi. Avvalgi O'FF tarkibida murabbiylar kengashi bo'lardi. Hozir O'FAda shu bormi-yo'qmi, bilmaymiz. To'g'ri, avvalgisi ham malum bir murabbiylar brigadasini turli yoshlarda aylantirib yurgan. Lekin harqalay natija bo'lgandi.

Aslini olganda birorta terma jamoaga murabbiy tayinlashdan oldin o'sha murabbiyning mahorati va uning tarkib bilan qanchalik tanishligi o'rganib chiqiladimi yoki ishsiz, bekor yurgan murabbiyga terma jamoa sinov maydonchasi qabilida berilaveradimi? Futbolda yaxshi murabbiy hech qachon bekor yurmaydi, shuning uchun ham ayniqsa kichik yoshdagi terma jamoalarga bosh murabbiy tayinlayotganda shu kabi omillarga jiddiy ahamiyat bersak yaxshi bo'lardi. 

Endi bu shunchaki jurnalist sifatida o'z qarashlarim xolos. Yanayam anig'ini futbolimiz rahbarlari biladi. Natijaga javobgar esa baribir bosh murabbiy bo'lib qolaveradi.

X.Xoliqov.

Reyting: -41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика