Eshitdik-da! "Navbahor"ning sobiq futbolchisi "Nasaf"ga o'tmoqda
21 jan 2022 22:18
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor"ning sobiq futbolchisi "Nasaf"ga o'tmoqda
O'tgan uch mavsum mobaynida "Navbahor" tarkibida o'ynagan Ivan Solovev "Nasaf"ga o'tishga yaqin turibdi.
Ushbu mavsum OCHL saralashida ishtirok etadigan Qarshi klubi yaqin kunlar ichida rossiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Solovev "Navbahor" tarkibida uch mavsumda 64 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi.
Bunga qadar u saytimizga bergan intervyusida O'zbekiston jamoalaridan taklif tushsa, o'ylab ko'rishini aytgandi.
Qayd etish kerak, bugungi kunda "Nasaf"da transfer taqiqi bor. Ammo bugun klub matbuoti FIFA bilan bu borada muzokaralar olib borayotgani borasida malumot berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar