Eshitdik-da! "Navbahor"ga 1-davraning eng chiroyli gollaridan birini urgan futbolchi namanganliklar safiga o'tdi
29 iyu 2022 11:58
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor"ga 1-davraning eng chiroyli gollaridan birini urgan futbolchi namanganliklar safiga o'tdi
Klublar tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda. Zero, yurtimizda transfer oynasi yopilishiga 2 kundan kam qoldi.
Yodingizda bo'lsa, Superliga 5-turida "Navbahor" jamoasi o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qilgan va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. O'shanda jizzaxliklar tarkibida g'alaba to'pini 90+2-daqiqada Doniyor Abdumannopov kiritgandi. O'ng qanot chizig'i yonidan tepilgan to'p O'tkir Yusupov ustidan oshib kutilmagan golga aylangandi.
Samvel Babayan ana shu Abdumannopovni "Navbahor" tarkibiga jalb etdi. 21 yoshli vinger "lochinlar" tarkibiga borib qo'shilgan va 2-davrani "Navbahor" tarkibida o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Doniyor "So'g'diyona" tarkibida 1-davrada 11ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Doniyor Abdumannopov: "Navbahor"ga urgan golimga yaxshisi muxlislar tarif bersin"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar