Eshitdik-da! "Bunyodkor" yarim himoyachisi "Dinamo"ga o'tmoqda
16 iyu 2024 13:55
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Bunyodkor" yarim himoyachisi "Dinamo"ga o'tmoqda
Ikkinchi davraga tayyorgarlik olib borayotgan "Dinamo" tarkibga yangi nomlarni qo'shib olishda davom etadi.
Vadim Abramov tarkibga "Bunyodkor"dan yarim himoyachi Rasul Yo'ldoshevni jalb qildi. Bu haqida saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar berdi. Tomonlar yaqin kunlar ichida rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Malumot uchun, Rasul Yo'ldoshev bu yil Superligada 10 ta, O'zbekiston kubogida 3 ta bahsda maydonga tushdi. "Dinamo" u uchun faoliyatidagi uchinchi jamoa bo'ladi. Bunga qadar u "Bunyodkor"dan tashqari 2019 yil yarim mavsum OKMKda ham to'p tepgan edi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 200 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar