Eshitdik-da! Abramovning licenziya muddati tugagan bo'lishi mumkin
23 avg 2022 18:15
Yangiliklar
Eshitdik-da! Abramovning licenziya muddati tugagan bo'lishi mumkin
Championat.asia'ga malum bo'lishicha, tajribali mutaxassis Pro-diplomi bo'yicha licenziyani yangilash uchun malaka oshirmagan bo'lishi mumkin. O'zPFL shu to'g'rida malumot olish uchun O'FA Murabbiylar talimi boshqarmasiga murojaat qilgan.
Oradan 15 kun o'tsa hamki, O'FA masul bo'limi Vadim Abramovning Pro-diplomi bo'yicha licenziyani yangilash uchun malaka oshirish kurslarini tugatgani bo'yicha aniq malumot bera olmayapti.
Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq ustozida Pro-diplomi mavjud. Biroq uning licenziya muddati tugagan yoki tugamagan degan savolga O'FA Murabbiylar talimi bo'limi aniq javob topolmayapti. Qiziqarli jihati, malaka oshirish kurslari aynan mana shu bo'lib tomonidan o'tkaziladi.
SHu o'rinda Karlenovichning licenziyasi bo'yicha xulosa ololmagan PFL mutaxassisning Pro-kurslarini tamomlagani bo'yicha sertifikati asosida unga chempionatda qatnashishga ruxsat bergan.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" 16 turdan keyin 7 ochko bilan musobaqa jadvalining oxirgi pog'onasida boryapti. Abramov kelganidan keyin jamoa "So'g'diyona" va "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar