Ertaga “CAFA U-16 championship” musobaqasi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi
03 iyu 2018 19:45
Yangiliklar
Ertaga “CAFA U-16 championship” musobaqasi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi
O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz mintaqa chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar berib o'tgan edik.
“CAFA U-16 championship” musobaqasida O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'izistonning 16 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari ishtirok etishadi.
Ertaga, 4 iyul kuni soat 11:30da “Milliy” stadioni matbuot anjumanlari zalida musobaqa oldidan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Unda ishtirokchi davlatlar terma jamoalari ustozlari o'zlarining musobaqa oldidan fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashadi. Barcha turdagi OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Takidlab o'tamiz, “CAFA U-16 championship” musobaqasidan o'rin olgan uchrashuvlar poytaxtimizdagi "Milliy" va "Lokomotiv" stadionlarida bo'lib o'tadi.
Fikrlar