Eronning asosiy tarkib futbolchisi BAAga qarshi o'ynamaydi. U O'zbekistonga qarshi bahsgacha maydonga qaytmoqchi
18 mar 00:14
Yangiliklar
Eronning asosiy tarkib futbolchisi BAAga qarshi o'ynamaydi. U O'zbekistonga qarshi bahsgacha maydonga qaytmoqchi
"Shabab Al Ahli" futbolchisi terma jamoa yig'iniga chaqiriligan bo'lishiga qaramay, Eron lageriga jarohat bilan etib keldi.
Izzatullohi "Sharja"ga qarshi OCHL-2 dastlabki o'yinida jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Javob uchrashuvida esa ishtirok etmadi.
Jarohati haqida futbolchining o'zi shunday deydi: "Sharja"ga qarshi o'yindagi jarohatim tufayli javob o'yinida ishtirok eta olmadim.
Terma jamoa ixtiyoriga etib kelgach, tibbiyot xodimlari MRT tekshiruvidan o'tkazishdi va shikastlanish darajasi kichik ko'rinishda ekanligini aytishdi.
Eronning BAAga qarshi o'yinida ishtirok eta olmayman, biroq O'zbekistonga qarshi to'qnashuvga tayyor bo'laman degan umiddaman".
Eslatib o'tamiz, Izzatullohi O'zbekiatonga qarshi Toshkentdagi bahsda to'liq o'ynagandi. Erondagi javob uchrashuvi 25 mart kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar