So’nggi yangiliklar

01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  6 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2

Eronlik jurnalist: "OFK chiqargan qaror futbolni o'ldiradi" Yangiliklar

Eronlik jurnalist: "OFK chiqargan qaror futbolni o'ldiradi"

Malumki, OFK Tartib-intizom va etika qo'mitasi "Persepolis" hujumchisi Isa Al Kasirni 6 oy muddatga futboldan chetlatdi.

Bunga sabab uning gol urganidan keyin o'z golini ko'zini qisib nishonlagani bo'ldi. "Paxtakor"ga qarshi OCHL chorak finalida ikkita to'p kiritgan Al Kasir har ikkala golini kameralar qarshisiga borib shunday nishonladi. U avvalgi bosqichda ham o'z golini shunday nishonlagandi. 

SHundan so'ng OFK bu futbolchining qilig'ini irqchilikka yo'yib 6 oy muddatga har qanday futbol faoliyatidan chetlatish bilan birga 10 ming dollar jarima tortdi. Isa Al Kasir OCHL 1/2 finalida "Al Nassr"ga qarshi maydonga tushishga hozirlik ko'rayotgandi, biroq qarorning aynan o'yin boshlanishiga sanoqli soatlar qolganida elon qilishi juda g'alati bo'ldi.

SHundan so'ng Eron matbuot "portladi" va mamlakatdagi futbolga oid har bir nashr bu haqda yoza boshladi. Xususan tehrantimes.com muxbiri Masud Hosseyn shunday yozadi: "Eronning eng kuchli klublaridan biri OFKning bu qaroridan shok holatiga tushdi. CHunki sportga xos bo'lmagan qaror qabul qilindi. Hammamiz bilamizki, Al Kasir qachon gol ursa gollarini shu tarzda, yani ko'zini qisiq ko'rsatgan holda nishonlaydi va bu bilan u hech kimni kamsitmoqchi emas. Al Kasir gollarini jiyani Mikaelga bag'ishlab keladi. U Eron chempionatida urgan gollaridan keyin ham shunday "qiliq" qiladi". 

"To'g'ri, OFK boshqacha xayolga borgan bo'lishi mumkin, lekin futbolchining Eron chempionatida golni nishonlagan oldingi suratlarini ko'ring. U doim shunday qilgan. Balki OFK nazdida bu birovni tahqirlash bo'lib ko'ringan bo'lsa kerak. 2008 yilgi Olimpiya o'yinlarida ispaniyalik basketbolchilar ham shunday qilishgandi, lekin o'shanda hech kim ularga chora ko'rmagan. "Persepolis" OCHL o'yinlarida hech qaysi klubga nisbatan g'arazgo'ylik qilmadi. Jamoa qiyin bosqichdan o'tib finalga qadar etib keldi. Lekin aynan yarim final o'yini kuni qaror chiqarilishi shubhali. Xullas, OFK chiqargan qaror futbolni o'ldiradi". 

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика