Eron Pro ligasi. Amonovda shodlik, Temirovda g'am
07 mar 2022 01:36
Yangiliklar
Eron Pro ligasi. Amonovda shodlik, Temirovda g'am
Eron chempionatining 21-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi.
Jumladan, o'zbekistonlik futbolchi Azizbek Amonov to'p suradigan "Istiqlol" klubi o'z maydonida "Gol Goxar" jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Amonov 16-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi, 55-daqiqada esa zaxiraga olindi.
Yana bir hamyurtimiz SHerzod Temirov to'p surayotgan "Persepolis" klubi esa "Sanat Naft Abadan" jamoasi mehmoni bo'ldi. Afsuski, uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Temirov ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridan boshlab maydonda harakat qila boshladi.
Ayni damda turnir jadvalida "Istiqlol" 51 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Persepolis" 45 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar