So’nggi yangiliklar

22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  0 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  1 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1

Eron futboli. Masud SHojayi yana terma jamoaga qaytishi mumkin Yangiliklar

Eron futboli. Masud SHojayi yana terma jamoaga qaytishi mumkin

Teglar :  EronMasud SHojayi
Sakkiz oylik chetlatishdan so'ng Eron futboli etakchilaridan biri Masud SHojayi yana terma jamoaga qaytishi mumkin.

Malumki, Greciyaning AEK klubida o'ynayotgan ushbu futbolchi o'tgan yil Evropa ligasi doirasida bo'lib o'tgan bahsda Isroil klubiga qarshi maydonga tushgani uchun malum muddatga terma jamoadan chetlatilgandi.

Lekin forslar bosh murabbiyi Karlush Keyrush Greciyaga borib uning o'yinini kuzatdi, bu esa yarim himoyachining yana terma jamoaga qaytishi mumkinligini bildiradi. AEK va "Olimpiakos" o'rtasidagi bahsni ko'rgan Keyrush feysbukdagi sahifasida shunday izoh qoldirdi: "Gap yo'q, Masud! Sen bugun zo'r o'ynading. Sen Greciya chempionatidagi eng zo'r futbolchilardan birisan".

SHojayining Eron termasiga qaytishini jurnalistlar bir holat bilan izohlashmoqda. Gap shundaki, Angliyaning "Nottingem Forest" klubi legioneri Ashkan Dejaga jarohat olib ikki oyga safdan chiqdi. SHveciyaning "Ostersunds" klubida to'p tepayotgan 24 yoshli Saman Goddos esa hozircha terma jamoaga kirishib keta olmasa kerak.

Eron terma jamoasining shu yil yozda jahon chempionatida ishtirok etishini hisobga olsak, tarkibda SHojayidek tajribali futbolchining bo'lishi barcha uchun koni foyda bo'ladi. Eron kurash federaciyasi sportchilarning isroillik kurashchilarga qarshi gilamga chiqishiga ruxsat berdi. SHundan kelib chiqib Karlush Keyrush ham SHojayini terma jamoaga qaytarmoqchi.

Agar SHojayi terma jamoa safida jahon chempionatiga borgudek bo'lsa, u eronliklar ichida uchta mundialda qatnashgan dastlabki futbolchi bo'ladi. Malumot uchun, 33 yoshli yarim himoyachi milliy jamoa safida 70tadan ko'p o'yin o'tkazgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика