So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Eron FF prezidenti: "Xavotirga o'rin yo'q, Keyrush Eronda qoladi" Yangiliklar

Eron FF prezidenti: "Xavotirga o'rin yo'q, Keyrush Eronda qoladi"

Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Taj terma jamoa ustozi Karlush Keyrush bilan boqg'liq masalaga oydinlik kiritdi.

Mehdi Taj matbuot vakillari bilan suhbatda shunday dedi: "Sizlarga bir gapni aytmoqchiman, Karlush Keyrush Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida ham terma jamoada qoladi. Jahon chempionatidagi o'yinimiz shuni ko'rsatdiki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Yo'qsa terma jamoa mamlakatga qaytganida 7 ming ishqiboz aeroportga chiqmasdi".

"Milliy terma jamoa hamma narsadan ustun. Millionlab xalqimiz jahon chempionatini katta qiziqish bilan kuzatib bordi va futbolchilar ko'rsatgan o'yin barchaga manzur bo'ldi. Musobaqadagi ijobiy ishtirokdan keyin hammamiz bir xayolga bordik, bu o'yin bilan bemalol Osiyo Kubogida zafar qucha olamiz".

Malumki, portugaliyalik murabbiy JCH-2018da qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar, mundialdan keyin Eron bilan xayrlashishini aytib o'tgandi. Ammo federaciya rahbari boshqa gapni gapiryapti.

"Xavotirga o'rin yo'q, Keyrush terma jamoada qoladi. Biz uning yangi shartnomasini yaqin kunlarda ko'rib chiqamiz. Mana ko'rasizlar, Osiyo Kubogiga hammamiz birgalikda boramiz", - deydi Mehdi Taj.

Malumot uchun, Karlush Keyrush 2011 yilning 4 aprelidan beri Eron termasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida forslar ikki bor jahon chempionati, bir marta Osiyo Kubogida ishtirok etishdi.

SHu o'rinda bizga taalluqli savol javobsiz qolyapti: agar Keyrush haqiqatan Eronda qoladigan bo'lsa, unda O'zbekiston milliy terma jamoasini kim boshqaradi?

X.Xoliqov.

Reyting: -140   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика