So’nggi yangiliklar

18:55"Манчестер Сити" Испания терма жамоаси ҳимоячисига кўз тикди  0 18:27Анчелотти: "Вини — камтар, қувноқ ва ҳақиқий иқтидор"  0 17:59"Атлетико" Альварес бўйича қарор қабул қилди  2 17:31"Реал" футболчиси жамоадаги ўрнидан норози  3 17:02Ди Канио: "Леау майдонда сайр қиляпти"  0 16:33Абдуқодир Ҳусанов Тимбер, Вальверде, Бернарду Силва, Олисе, Осимхен ва Кейн билан бир рўйхатда  6 16:05"Барселона"да янги Месси пайдо бўлиши мумкин  6 15:37Ўзбекистон U-15 терма жамоаси РФА U-16 билан дуранг ўйнади  0 15:15Эшитдик-да! "Манчестер Сити" "Ланс"дан яна бир футболчи сотиб олмоқчи  0 14:47Эрон ФИФАдан ўйинларини АҚШдан Мексикага кўчиришни сўрамоқда  5 14:19"Барселона"да Хулиан Альварес эҳтимолий трансфери ҳақида фикр билдирилди  0 13:51Карло Анчелотти: "Реал"дан кейин бошқа клубда ишлашни истамадим"  0 13:26"Арсенал" янги ҳужумчи топди  0 12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  3 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0

Ernesto Valverde "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi (to'liq) Yangiliklar

Ernesto Valverde "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi (to'liq)

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde ECHL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi.

"Raqibning rejalari qanday ekanligini bilmayman. Biroq jamoaning ECHLdagi natijalari barchasini aytib turibdi - MYU 4 safar o'yinining 3tasida g'alabaga erishdi. "Yuventus" va PSJga qarshi o'yinlarda MYU so'nggi daqiqalarda g'alaba golini kiritdi. Biz o'z o'yinimiz va kuchli qartalarimiz haqida o'ylashimiz kerak.

Biz safarda gol ura oldik. Biroq bu hech nimani anglatmaydi. O'zimizning imkoniyatlarimiz haqida gapirgim kelmayapti. SHunchaki, MYUga o'z darvozamiz uchun zarba berishga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qilamiz. Hech qaysi vaziyatda biz o'zimizda ustunlik borligini eslamasligimiz kerak. Bu axmoqlik bo'ladi.

MYUning kuchli tomonlari ko'p. Jamoa g'oliblik ruhiga ega. Aynan maydonda biz raqibdan ustun ekanligimizni ko'rsata olishimiz kerak.

"Yunayted" ilk daqiqalardanoq hujumga tashlanadimi yoki yo'q, bilmayman. Ular taxminan o'tgan safar o'yinlaridagi taktikani ishlatishadi. MYUning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. SHu boisdan darvozamiz oldida yaratilayotgan barcha vaziyat golga aylanmasligi kerak. "Yunayted"ga bo'sh hudud ochib bersa, bizni jazolay oladi.

Yarim finalga chiqishga intilamiz. Ammo raqib juda jiddiy. Huddi biz kabi juda kuchli. Bu erdagilarning barchasi tushunib turibdiki, yarim finalga chiqish to'sig'i anchagina zalvorli. Buni unutmaslik kerak", - dedi Valverde.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика