So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Ermatov va uning brigadasiga omad yor bo'lsin Yangiliklar

Ermatov va uning brigadasiga omad yor bo'lsin

Bugun JCH-2018da biz kutgan kun keldi. Yani, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi bugun jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Argentina - Xorvatiya bahsini boshqaradi.


Bu o'yin Ermatov uchun jahon chempionatlaridagi 10-uchrashuv bo'ladi. Bungacha jami to'qqizta o'yinda hakamlik qilgan Ermatov JCH-2010da beshta, JCH-2014da esa to'rtta o'yinni boshqargan.

1-turda Argentina Islandiya 1:1 o'ynadi, Xorvatiya esa Nigeriyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Demak, bu jamoalarning o'zaro to'qnashuvi ancha qiziq kechsa kerak. Bundan tashqari, mazkur bellashuvni Ravshan Ermatov boshqarib borishi o'yinga bo'lgan qiziqishni ikki karra oshiradi.

Jahon chempionatlaridagi debyutini 2010 yil boshlagan Ermatov JARda bo'lib o'tgan mundialda eng yosh hakam bo'lgandi. SHunga qaramay, FIFA unga katta ishonch bildirib beshta o'yinni topshirgan. Va aytish mumkinki, hamyurtimiz jiddiy xatolarga yo'l qo'ymasdan barcha o'yinlarni yuqori saviyada o'tkaza olgandi.

Keling, shu o'rinda 2010 yil Ermatov boshqargan o'yinlarni yodga olsak.

JAR - Meksika 1:1 (Ochilish o'yini, guruh bosqichi)
Angliya - Jazoir 0:0 (guruh bosqichi)
Greciya - Argentina 0:2 (guruh bosqichi)
Argentina - Germaniya 0:4 (chorak final)
Urugvay - Gollandiya 2:3 (yarim final)

Ko'rib turganingizdek, Ermatov JCH-2010da Argentina terma jamoasi ishtirokidagi ikkita o'yinda hakamlik qilgan. O'shanda Ravshan Ermatovga qanotlarda Bahodir Qo'chqorov bilan Rafael Ilyasov yordam bergandi.

Oradan to'rt yil o'tib Braziliyada o'tgan mundialda Ermatov boshchiligidagi hamkamlar brigadasi yana to'rtta o'yinni boshqarishadi. Uchta guruh o'yini va bitta chorak final bahsi.

2014 yil Ermatov boshqargan o'yinlar: 

SHveycariya - Ekvador 2:1 (guruh bosqichi)
Xorvatiya - Meksika 1:3 (guruh bosqichi)
AQSH - Germaniya 0:1 (guruh bosqichi)
Gollandiya - Kosta-Rika 0:0, 4:3 pen. (chorak final)

To'rt yil avvalgi musobaqada Ermatov Argentina ishtirokidagi bahsga qo'yilmagan, biroq Xorvatiyaning guruh bosqichida Meksikaga qarshi bahsini boshqargan. O'shanda xorvatlar 1:3 hisobida mag'lub bo'lishgan. JCH-2014da Ermatovga qanotlarda Bahodir Qo'chqorov bilan Abdulhamid Rasulov yordam bergandi.

Mana endi bugun hamyurtimiz JCH-2018 doirasida birinchi, umumiy hisobda esa 10-uchrashuvini o'tkazadi. SHu o'rinda Ermatov boshliq Abdulhamid Rasulov, Jahongir Saidov kabi hakamlarimizga bugungi uchrashuvda omad tilagan holda o'yinni chiroyli tarzda boshqarishlarini hamda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymasliklarini niyat qilib qolamiz.

Ravshan Ermatov va uning brigadasi uchun butun xalqimiz duoda desak mubolag'a bo'lmaydi.

X.Xoliqov.

Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика