So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Ermatov bu mavsumda ilk marta "Lokomotiv"ning o'yinida ishlaydi Yangiliklar

Ermatov bu mavsumda ilk marta "Lokomotiv"ning o'yinida ishlaydi

Oldinroq malum qilinganidek, Superliganing 24-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvini tajribali hakam Ravshan Ermatov boshqaradi.

Toshkentlik referi yozda Rossiyada o'tgan mundial o'yinlarida qatnashganini yaxshi bilasiz. JCH rekordchisi bu mavsumda hali "Lokomotiv"ning birorta bahsini boshqarmadi. So'nggi marta u o'tgan yilgi O'zbekiston kubogining yarim finali doirasida "Lokomotiv"ning uchrashuvida ishlagan va unda "temiryo'lchilar" "Nasaf"ni 3:1 hisobida mag'lub etishni uddalagandi. O'tgan mavsumda "Loko" O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgandi.

Ermatov shu kunga qadar "Lokomotiv" ishtirokidagi 30 bahsni boshqarib borgan. SHulardan 1tasi O'zbekiston kubogi, yana ikkitasi esa Superkubok o'yinlaridir. Qizig'i shundaki, u Oliy ligada ilk marta "Lokomotiv"ning o'yinini boshqarganida, "temiryo'lchilar" "Bunyodkor" bilan bahs olib borgandi. Unda "qaldirg'ochlar" 4:0 hisobida g'alabaga erishishgan. "Lokomotiv" Ermatov boshqargan 30 o'yinning 18tasida (6 marta yirik hisobda) g'oliblikka erishgan bo'lsa, 9tasida yutqazib qo'ygan. 3 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati - 63:36. Bosh hakam 121 marta sariq, 3 marta qizil kartochkalarga murojaat qilgan.

Ravshan Ermatov bu mavsum Superliganing 12 uchrashuvida hakamlik qildi. SHularning 6tasida mezbonlar, 4tasida mehmonlar g'alabaga erishishgan bo'lsa, 2 bahsda durang qayd etilgan. U 52 marta sariq, 1 marta qizil kartochkani cho'ntagidan chiqargan.

Ermatov shu kunga qadar "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalarining 6 o'zaro to'qnashuvini boshqarib borgan. Unda quyidagi natijalar qayd etilgan.

01/07/16 Oliy liga. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0 (6 ogohlantirish)
13/04/15 Oliy liga. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:0 (4 ogohlantirish, 1 chetlatish)
07/03/14 O'zbekiston superkubogi. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1 (8 ogohlantirish)
04/07/13 Oliy liga. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:1 (6 ogohlantirish)
08/10/12 Oliy liga. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:1 (4 ogohlantirish)
09/04/10 Oliy liga. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:4 (3 ogohlantirish)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика