So’nggi yangiliklar

17:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" меҳмони бўлмоқда, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  0 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  17 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   2 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  4 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  4 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1

Erkin fikr. Qosimovni chetga o'qishga yuborish kerak Yangiliklar

Erkin fikr. Qosimovni chetga o'qishga yuborish kerak

O'tgan hafta Asqar Tolibjonov va Mirjalol Qosimov bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokimiz yakunlariga bag'ishlab matbuot anjumani tashkil qilindi.
O'FF binosida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida bir qator savollar qo'yildi va shunga yarasha javob olindi. Savol-javoblardan shu narsa aniq bo'ldiki, to JCH-2018 saralash bosqichining oxirigacha Mirjalol Qosimov terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida qoladi. Bu haqda Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov rasman axborot berdi.



Aslida Qosimovga Osiyo Kubogidagi natija qanday bo'lishidan qatiy nazar, imkoniyat oxirigacha berilishi malum edi. Osiyo o'yinlarida chempion bo'la olmadik, Osiyo Kubogida chorak finalda to'xtadik, lekin biron marta bosh murabbiyning istefosi haqida gap bormadi. Demak, Qosimovning uzoqroq muddatga ishlashi oldindan pishitib qo'yilgan reja bo'lgan. Endi JCH-2018ga chiqish uchun ham Mirjalol Qosimov o'z ishini bajarishda davom etadi.

Albatta, bundan kimdir rozi, kimdir norozi bo'lgani aniq. Mayli, Qosimovga yana imkoniyat berildimi, buyog'iga bosh murabbiyni biror chet davlatga malaka oshirishga yuborish kerak bo'ladi. Yuborganda ham imkon qadar futboli rivojlangan davlatga jo'natish lozim. Negaki malaka oshirish har doim murabbiy foydasiga xizmat qiladi. Albatta, Mirjalol Qosimovda tegishli licenziya bor, biroq malaka oshirish umuman boshqa masala.



Malumki, Mirjalol Qo'shoqovich futbolchilik faoliyatini tugatgach, avvaliga biroz muddat "Mashal" o'rinbosarlari bilan ishladi, keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi bo'ldi. Undan keyin terma jamoa boshqaruviga o'tdi. SHu vaqt oralig'ida o'zimizda tashkil qilingan "Pro" licenziyasi kurslarida o'qidi. Lekin ko'rinib turibdiki, buyog'iga yanada ko'proq o'qish kerak bo'ladi. Buning uchun esa eng yaxshi variant chet el hisoblanadi. Biz xohlardikki, jahon murabbiylari ishtirok etadigan turli xalqaro seminarlarda O'zbekistondan ham murabbiy qatnashsa. O'z fikrlari bilan katta-katta minbarlarda chiqish qilsa.

FIFA tashabbusi bilan bunday seminarlar har yili tez-tez o'tkazib turiladi. Jahon sahniga chiqishimiz uchun terma jamoa bosh murabbiyining mana shunday seminarlarda ishtirok etishi talab etiladi. FIFA qachon bizga yaqin kelarkin deb kutib o'tirgandan ko'ra, o'zimiz FIFAga borishimiz kerak. Qosimov ham xuddi Karlush Keyrushga o'xshab xalqaro seminarlarning doimiy ishtirokchisi bo'lishi lozim. SHundagina murabbiy yanada ko'proq dunyoga taniladi, bu esa o'z navbatida kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishda ham qo'l keladi.



O'tgan hafta bo'lib o'tgan matbuot anjumanida shu savol o'rtaga tashlanganda TJM direktori Asqar Tolibjonov "Bunga imkoniyatimiz etadi, bu haqda o'ylab ko'ramiz" degandek mujmal javob qildi. Ammo endi o'ylab o'tirish emas, balki shartta ishga kirishish lozim. Istagimiz, variantlar o'rganib chiqilsin va to jahon chempionati saralash o'yinlari boshlanguncha Mirjalol Qosimov Ispaniya, Germaniya yoki Belgiyadami malaka oshirib qaytsin. Balki keyinchalik shu narsa sabab bo'lib Rossiyadagi jahon chempionatiga borsak ajab emas.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика