Erik ten Xagning Manchester Yunayteddagi taqdiri malum
12 iyu 08:25
Yangiliklar
Erik ten Xagning Manchester Yunayteddagi taqdiri malum
Niderlandiyalik mutaxassis kelasi mavsumda ham Manchester Yunaytedni boshqaradi.
«Qizil iblislar» rahbariyati Erik ten Xag bo'yicha aynan shunday qarorga kelishgan. Yaqin kunlar ichida tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishadi. MYU va ten Xag o'rtasidagi shartnoma kelasi yilning yozida yakunlanadi.
Malumot uchun, Erik ten Xag MYUda 2022 yildan beri ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa joriy mavsum APLda sakkizinchi o'rinni egalladi, biroq Angliya kubogining finalida «Man Siti»ni mag'lub etib, mavsumni sovrin bilan yakunlashga erishgandi.
Fikrlar