So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Ergash Ismoilov: Men raqobatdan qo'rqmayman va o'zimga ishonaman Yangiliklar

Ergash Ismoilov: Men raqobatdan qo'rqmayman va o'zimga ishonaman

Malumki Superliga 3-tur doirasida Buxoro So'g'diyona jamoasini o'z uyida qabul qildi va yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

SHundan so'ng «Buxoro» jamoasiga murabbiylar shtabi tomonidan qisqa tatil berildi. SHu orada biz «Buxoro» jamoasi yosh iqtidorli himoyachisi shuningdek Superliga 3-turning eng chiroyli gol muallifi Ergash Ismoilovni suhbatga chorladik.

-Ergash avvalo sizga savol bilan murojaat qilishdan oldin sizni diyorimizning ajoyib ayyomi kirib kelgan Navro'zi olam bilan sizni va barcha yaqinlaringiz hamda oila azolaringizni chin qalbdan tabriklaymiz!

-Rahmat. Men ham shu fursatdan foydalanib barcha O'zbekiston ahlini, sizlarni Navro'z bayrami bilan chin ko'nglimdan tabriklayman. Hammalarini oilalariga tinchlik osoyishtalik, kulgi, tabassum tilab ularni bahoriy kayfiyat hech qachon tark etmasin deyman.

- Rahmat. Yaxshi tilaklaringiz o'zingizga ham hamroh bo'lsin. «Neftchi» jamoasi bilan bo'lgan nazorat uchrashuvi chog'ida raqib jamoa vakili bilan to'qnashib ketib bir necha daqiqa o'zingizga kelolmadingiz. SHundan so'ng o'yinlarda qatnasha olmadingiz. Hozirda o'zingizni yaxshi his qilyapsizmi?

- To'g'ri, shu hodisani eslasam haligacha yuragim orqaga tortib ketadi. Xudoga yoqqan tarafim bor ekanmi bilmadim, bir necha daqiqalardan so'ng o'zimga keldim. Ungacha nimalar bo'lganini o'zim ham bilmayman (kulib). O'zimga kelsam hamma atrofimda, o'zimga noqulay bo'lib ketdi. Keyin tezda shifoxonaga olib borishdi. U erda shifokorlar nazoratida bo'ldim va ular menga butunlay tuzalib ketmagunimcha bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborib, yaxshigina dam olib kerakli kuch yig'ib olishimni qattiq tayinlashdi. SHu bois bir oydan beri uchrashuvlarda ishtirok eta ololmadim. Bilasizmi, har bir futbolchi bir oy mashg'ulotlar bilan shug'ullanmay qo'ysa, bu jismoniy holatiga albatta tasir o'tkazmay qo'ymaydi. Bu vaqt ichida jamoadoshlarim va murabbiylarim meni avaylab, qo'llab- quvvatlab turishdi. Buning uchun ularga alohida rahmat aytaman. Xullas, mana ko'rib turganingizdek xavf – xatarlar ortda qoldi. Lekin asosiy tarkibga chiqishdan oldin o'rinbosarlar jamoasida o'zimni sinab ko'rishni xohladim. CHunki hali tayyor emas edim. «Buxoro»-«So'g'diyona» uchrashuvidan bir kun oldin o'rinbosarlar tarkibida maydonga tushdim va gol urishga erishdim. SHundan so'ng asosiy tarkib uchun ham hozirgi holatim maksimal darajada ekanligini bilib oldim va maydonga tushdim. Kuzatgan bo'lsangiz 3 golni kiritish menga nasib qildi. Bundan o'zim ham xursandman.

-«So'g'diyona» bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushishingiz avvaldan malum edimi?

-Yo'q, avvaldan malum emas edi. Murabbiylarim menga ishonib maydonga tushirganlaridan juda xursand bo'ldim. Bildirilgan ishonchlarini oqlashga astoydil harakat qildim va buni uddalay oldim, deb o'ylayman. Ularni menga bo'lgan ishonchlari uchun ham katta rahmat.

-Siz «Bunyodkor»da qolishni istagandingizmi yoki «Buxoro»ga qaytishni?

-«Bunyodkor»da qishki mashg'ulotlarni o'tkazdim. Lekin, «Buxoro»dan taklif tushdi. O'tgan mavsumda ham «Buxoro» jamoasida faoliyat olib borganman. Menga ishonib qayta taklif bilan chiqishgani uchun to'g'risi xursand bo'ldim. Buxoroga ancha o'rganib qolibman. Qaytganimdan mamnunman va afsuslanmayman.

-«Buxoro» nechanchi o'ringa mos harakat qilyapti?

-Bu futbol. Bunda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu mavsumda jamoamizga juda ham tajribali futbolchilar jamlangan. Ishonamanki nasib qilsa bu yil yuqori o'rinlarni band qilamiz.

-"Buxoro"da qanot yarim himoyachilariga raqobat katta. Bunga qanday qaraysiz?

-Albatta, bu yil raqobat «Buxoro»da juda kuchli. Nafaqat qanot futbolchilarida, balki boshqa ampulalarda ham raqobat kuchli. Men raqobatdan qo'rqmayman va o'zimga ishonaman. Men uchun raqobat bo'lgani yaxshi. CHunki, raqobat bor joyda o'sish bo'ladi.


"Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика