Ulug'bek Bakaev: “Aral” kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozondi”
18 sen 2024 23:35
Yangiliklar
Ulug'bek Bakaev: “Aral” kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozondi”
- O'yin haqida
- Birinchi navbatda “Aral” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Albatta bugungi o'yinda g'alaba qozonib, 3 ochkoga ega chiqishni maqsad qilgandik. Biroq, yakuniy natija bizning mag'lubiyatimizni ko'rsatmoqda. Bu mag'lubiyatga sabab sifatida 2 ta faktorni ko'rsatishim mumkin. Birinchisi, mezbonlar, yani “Aral” jamoasi g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq bilan o'ynadi. Ikkinchisi, o'tgan o'yindagi “Mashal” bilan mag'lubiyat jamoa ruhiyatiga tasir ko'rsatdi. Umumiy o'yin uchun yigitlarga raxmat aytaman, yomon o'ynaganimiz yo'q.
- “Aral” jamoasining bugungi g'alabasini qanday baholaysiz?
- Aytib o'tganimdek, jamoada g'alaba uchun kuchli ishtiyoq bor edi. Uchrashuvning so'ngi qismida gol o'tkazib yubordik va bu mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi.
- Bugungi uchrashuv bo'lib o'tgan maydon haqida fikringiz?
- Yaxshi maydon, muxlislarning zo'r atmosferasi. “Aral” jamoasi bugun yangi maydonda ilk uchrashuvini o'tkazdi va ishtiyoq evaziga g'alabaga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar