Enrike kimni Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi?
19 noy 2022 16:10
Yangiliklar
Enrike kimni Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi?
U allaqachon faoliyatini yakunlagan.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike terma jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchi nomini elon qildi.
"Bizda juda ko'p ajoyib o'yinchilar bo'lgan, lekin menimcha, bu David Vilya. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Ko'plab zo'r ijrochilar bor edi – Kubala, Raul, Butrageno, Inesta va boshqalar. 2010 yilgi jamoadan kimni o'z tarkibimga olgan bo'lardim? Vilya. Uni Morata bilan juftlikda o'ynatardim", – dedi mutaxassis.
Avvalroq Enrike Jahon chempionatidan keyin Ispaniya terma jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar