So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

"Energetik"dan so'ng Evropa futboliga tayyor edim. Allaqachon francuz tilini o'rganishni boshladim". Abduqodir Husanovning "Lans"ga o'tganidan keyingi ilk intervyusi Yangiliklar

"Energetik"dan so'ng Evropa futboliga tayyor edim. Allaqachon francuz tilini o'rganishni boshladim". Abduqodir Husanovning "Lans"ga o'tganidan keyingi ilk intervyusi

O'zbek vunderkindi Franciyaga ko'chib o'tishi, yangi mamlakatga adaptaciya va top-ligadagi ilk mavsumdan nimalar kutayotganini aytdi.

O'zbekistonda yozgi transfer oynasidagi eng asosiy o'tish Abduqodir Husanovning "Lans"ga yo'l olishi bo'ldi desa bo'ladi. 19 yoshli himoyachi Osiyo kubogi U-20 va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng Evropa standartlari bo'yicha kamtarroq bo'lgan "Energetik-BGU"dan top-ligaga yo'l oldi.

Championat.Asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev va sayt muxbiri Nikolay Egorichev Husanovdan intervyu olishdi va uning o'tishidan tortib, yangi klubidagi moslashish jarayonigacha barchasini bilib olishdi.

- "Lans" sizga qiziqish bildirayotganidan ajablandingizmi? Baribir dunyoga unchalik tanilmagan O'zbekiston terma jamoasida o'ynaysan, sobiq klubingiz esa Belarus chempionatida harakat qiladi.
- O'zbekiston terma jamoasining U-20 Osiyo kubogidagi g'alabasidan so'ng bir necha klublar, asosan Rossiya va Turkiyadan takliflar bo'ldi. Bilishimcha, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng agentim bilan top-5 ligalari vakillari muloqot qilishgan. Yaxshi klubdan taklif bo'lishiga tayyor edim. Agentim menga xavotir olmasligimni, birgalikda faoliyatimning rivojlanishi uchun eng yaxshi variantni tanlashimizni aytdi. Meni Evropaning bir top-klubi kuzatganini bilaman. "Lans" bilan shartnoma imzolaganimdan so'ng agentimga o'sha klub vakilidan xabar keldi. Bizni "Lans"ga o'tish bilan tabriklashdi va omad tilashdi. Agar men bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan klub o'tishim haqida tabriklayotgan bo'lsa, demak bu bizning to'g'ri tanlovimizni tasdiqlaydi.




- "Energetik-BGU"ning o'ziga xosligi nimada? Bu jamoada o'zbek futbolchilari yaxshi harakat qilishadi va o'sishadi.
- "Energetik"da Anatoliy Ivanovich Yurevich boshchiligidagi yaxshi murabbiylar shtabi bor. U erda futbolchining rivojlanishi ustida jiddiy ishlashadi va katta etibor jismoniy tayyorgarlikka qaratiladi. Muhimi, avvaliga klub oldida katta maqsadlar turmagandi, shu sabab u erda ko'plab yosh o'yinchilar o'ynashdi. Bizga xatolarga yo'l qo'yishga ruxsat berildi, bu uchun hech kim urushmadi. Biz xatolarni o'rgandik, asosiy maqsadimiz esa o'rganish va ularni ortiq takrorlamaslikdan iborat edi.




- "Bunyodkor"dan "Energetik"ga o'tish qanday sodir bo'ldi? Ushbu klub sizing Evropaga yo'l olishingizda tramplin bo'lishini kutganmidingiz?

- Meni "Bunyodkor"ning o'rinbosarlar jamoasiga olishni xohlashmagan. Toshkent birinchiligining ikkinchi ligasida o'ynovchi "Bunyodkor-B"da to'p tepishni taklif qilishgandi. O'shanda oilam bilan maslahatlashgandim. Otam u bilan MXSK va "Do'stlik"da birga o'ynagan Ulug'bek Akaga (tahririyat eslatmasi - Ulug'bek Asanbaev) murojaat qildi. U bizga "Energetik-BGU"ga borishni va biz yakunda ishlashni boshlagan agentni tavsiya qildi. O'shanda 17 yoshda edim va "Bunyodkor" meni hech qanday tovon pulisiz qo'yib yubordi, sababi menga u erda ishonch bildirishmagandi.

Yosh tufayli Belarus chempionatida o'ynay olmasdim va bir yil atrofida shunchaki asosiy jamoa bilan shug'ullandim. O'rtoqlik va ikki tomonlik o'yinlarda ishtirok etdim va barcha bilan teng ishladim. SHu sabab, 18 yoshni qarshi olganimda, kattalar darajasida o'ynashga tayyor edim.

"Energetik"ga kirishim oson bo'lmagan, u erga to'g'ri kelganni olaverishmaydi. Barcha ham mashg'ulotlarda beriladigan yuklamani ko'tara olmaydi, kimlardir esa ketadi. Hamma ham u erda o'ynab keta olmaydi, ammo kim bunga chidagan va qolgan bo'lsa, umuman boshqa futbolchiga aylanadi. Ularning faoliyatini "Energetik"ga qadar va undan keyinga bo'lish mumkin.



- "Lans"ga o'tish haqida gapirib bering. Moslashish qanday kechmoqda, jamoadagi sheriklardan qaysilar bilan do'stlashishga ulgurdingiz? Ular bilan qaysi tilda gaplashyapsiz?
- Moslashish oson kechmoqda. Francuz tilini o'rganishni boshlayapman, sababi jamoadagi barcha francuzcha gaplashadi. Klub menga tarjimon taqdim edi, tez orada francuz tilini o'rganish bo'yicha darslar boshlanadi. Boshqalarning gapini tushunish va asosiy narsalar haqida gapirish uchun yaqin 3-4 oyda francuz tilini o'rganishni rejalashtiryapman. Hozirdanoq bosh murabbiy menga nimalar deyayotganini tushunyapman, sababi menga futboldagi atamalar ro'yxatini berishdi. Klub tezroq moslashishim uchun barchasini qilmoqda.

Barcha o'yinchilar bilan yaxshi gaplashyapman, meni barcha qo'llab-quvvatlamoqda. Jamoadagi holat ajoyib. Gapim mubolag'a emas-u, jamoamiz haqiqiy oiladir. Tibbiyot shtabi tomonidan nazorat hayratga soladi, ular doim sog'likni kuzatishadi va turli xil testlar o'tkazishadi. Menga, futbolchi sifatidagi bunday etiborni hali hech qaerda ko'rmaganman. Klubda menga kundalik masalalarda yordam beradigan insonlar bor. Ularga bu uchun katta rahmat.



- Mashg'ulotlar qandaydir qiyinchiliklar bormi? Balki top-chempionatlardagi yuklama juda yuqoridir?
- "Energetik"da ham taxminan shunday uslubda ishlagandim. Evropa futboliga, katta yuklamalarga tayyor edim desa bo'ladi. Bu uchun "Energetik"dan minnatdorman. "Lans"ning ajoyib murabbiylar shtabi bor, bu erda barchasi kichkina detallargacha o'ylangan. Jamoada bo'lish va mashg'ulotlar jarayonidan katta zavq olyapman.

- Siz "Lans"ning uy stadioni bo'lmish "Bollar-Delelis"da o'ynadingiz. U erda "Torino"ga qarshi mavsumoldi o'yinida 38 ming odam yig'ildi. Stadiondagi atmosfera haqida nima deya olasiz?
- Bunday omma oldida o'ynash aqlbovarqilmas narsa! "Torino"ga qarshi o'yinda muxlislar jamoani va shaxsan meni qanday qo'llab-quvvatlayotganini his qildim. "Lans" muxlislarining muhabbatini qozonishga umid qilaman. Bu uchun bor kuchimni ishga solaman.

- Franciyadagi ilk mavsumingizdan nimalarni kutyapsiz?
- Jamoaga to'liq moslashishni va o'ynashni boshlashni kutyapman. Meni asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurash kutib turganini bilaman. Ammo, murabbiylar shtabi menga qanday munosabat qilayotgani, qanday ishonayotganini ko'rib turibman. Umid qilamanki, "Lans"dagi ilk mavsumimda menda etarli o'yin vaqtlari bo'ladi. Bizni Liga 1 va CHempionlar ligasidagi qiziq mavsum kutib turibdi. "Lans" safida rasmiy o'yindagi debyutimni sabrsizlik bilan kutyapman.



Narzulla Saydullaev va Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика