Emeri: "Neymar va Kavani jahondagi eng yaxshilarga aylanishi mumkin, ular bir-biriga kerak"
24 noy 2017 19:59
Yangiliklar
Emeri: "Neymar va Kavani jahondagi eng yaxshilarga aylanishi mumkin, ular bir-biriga kerak"
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri "Monako"ga qarshi Franciya chempionatining 14-tur uchrashuvidan oldin Neymar va Edinson Kavani kabi futbolchilarning muhimligi haqida gapirdi.
"Bu ikki futbolchi dunyodagi eng yaxshi futbolchilarga aylanishi mumkin. Ular aqlli va bir-biriga hamda jamoadoshlariga kerakligini bilishadi. Men uchun ularni birga o'ynatish muhim.
"Monako"ga to'xtaladigan bo'lsak, ular o'tgan mavsumdagidek ochko to'plashdi. Balki biz kuchliroqdirmiz, ammo "Monako" uyida yaxshi o'ynaydi va ko'p gol uradi. So'nggi etti uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozonganmiz.
Jardim jamoamizni yaxshi biladi, u aqlli murabbiy. O'yin ajoyib o'tadi. Bahs Mbappe uchun ham muhim" - deydi Emeri.
"Monako" - PSJ uchrashuvi 26 noyabrdan 27 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikrlar