Elman Tagaev: "O'zbekistonni o'yin favoriti deyishmoqda, lekin Turkmaniston kurash taqdim qiladi"
06 iyu 12:25
Yangiliklar
Elman Tagaev: "O'zbekistonni o'yin favoriti deyishmoqda, lekin Turkmaniston kurash taqdim qiladi"
Mazkur uchrashuvdan oldin Turkmaniston terma jamoasi etakchisi Elman Tagaev fikrlarini bildirdi.
"O'zbekiston jiddiy va kuchli raqib hisoblanadi. Biz maydonga chiqamiz va kurashamiz, tamom. Ikki jamoaga ham oson bo'lmasligi aniq. Turkmanistonga esa ochko kerak. Uchinchi o'ringa imkoniyatimiz saqlanib qolingan. Ha, O'zbekiston o'yin favoriti. Ammo jamoamiz kurash taqdim qiladi. Birinchi uchrashuvda juda yaxshi qarshilik ko'rsatgandik. Qaerdadir xato ketdi va raqib bundan foydalandi. Bugun bolalarcha xatolarga yo'l qo'ymasligimiz talab etiladi. Umuman olganda o'yinga tayyormiz
Antaliyada yaxshi tayyorgarlik olib bordik. To'g'ri, kuchli raqiblar yo'q edi. Bu narsa bo'lajak o'yinga tasir qilmaydi deb o'ylayman. Bizda motivaciya etarlicha. O'zbekistonga qaraganda ko'proq hozirlik ko'rdik",- deydi Elman Tagaev.
Fikrlar