So’nggi yangiliklar

00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  0 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  41 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  0 23:11Александр Хомяков: "Ўйинимиздан қониқдим деб айта олмайман, чунки кўп нарса ўхшамади"  8 22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  1 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  21 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   2 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  4 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  178 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21

OFK Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" uzoq masofadan o'tkazib yuborilgan gol tufayli o'z maydonida "Al Rayyan"ga yutqazdi Yangiliklar

OFK Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" uzoq masofadan o'tkazib yuborilgan gol tufayli o'z maydonida "Al Rayyan"ga yutqazdi

"Paxtakor" jamoasi OFK Elit CHempionlar ligasi 4-tur doirasida Qatarning "Al Rayyan" jamoasini qabul qildi.

OFK Elit CHempionlar ligasi. 4-tur
"Paxtakor" (O'zbekiston) – "Al Rayyan" (Qatar) 0:1
Bosh hakam: Iida Jumpei (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Takebe Yosuke, Xamamoto Yusuke (Yaponiya)
Zaxira hakami: Araki Yusuke (Yaponiya)
VAR: Kimura Xiroyuki (Yaponiya)
AVAR: Tanimoto Ryo (Yaponiya)
Nazoratchi: Ali Ahmad Al Traifi (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Asep Saputra (Indoneziya)

"Paxtakor" - 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov (99.Ulug'bek Hoshimov, 74), 4.Abdulla Abdullaev, 7.Xojiakbar Alijonov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 74), 22.Umar Adhamzoda (44.Mahmudjon Mahamadjonov, 86), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (40.Kimi Merk, 86), 30.Otabek Jo'raqo'ziev (6.Muhammadali O'rinboev, 46), 55.Muhammadrasul Abdumajidov
Zaxira: 1.Nikita SHevchenko, 35.Pavel Pavlyuchenka, 2.Behruz Asqarov, 15.Diyor Ortiqboev, 33.Doniyor Abdumannopov, 77.Dilshod Saitov.

"Al Rayyan" - 48.Paulo Viktor, 2.Murad Naji, 3.Hazim Ahmad, 4.Julien de Sart, 5.David Garsiya, 6.Abdulaziz Xotim (16.Abdulrahmon Al Harazi, 90+6), 8.Mahmud Xassan (33.Amid Mahadjan, 90+3), 10.Rojer Krug (62.Joshua Brenet, 90+3), 13.Andre Fonseka, 18.Fransisko Jinella (55.Muhammad Solih, 46), 77.Ashraf Bencharki
Zaxira: 1.Faxad Yunis, 7.Rodrigo Tabata, 14.Adel Bader Al Axmad, 15.Tamem Mansur, 17.Muhammad Surag, 20.Xolid Ali Binsaba, 22.Sami Beldi, 27.Ali Axmad.

Ogohlantirish: Andre Amaro (45), Hazim Ahmad (82), Sardor Sobirxo'jaev (84).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+3. "Paxtakor"da o'yini davom ettirish xohishi yo'qdek ko'rinmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Paxtakor" tarkibida yana ikki o'zgarish bo'ldi. 

84. Sobirxo'jaev qo'pollik uchun ogohlantirildi.

82. Hazim Ahmad vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

80. Alijonov bir nechta raqibidan o'zib ketib, jarima maydoniga pas berdi, himoyachilar to'pni qaytardi.

74. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

72. Xavfli vaziyat! Burchak uzatmasini mehmonlar golga aylanishiga bir bahya qoldi. Yakuniy uzatma noaniq ko'rinish oldi.

71. "Al Rayyan" burchak zarbasi ishlab oldi. 

68. Umarzodaning chap qanotdan markazga uzatgan to'pini Viktor egallab oldi.

66. Gol o'tkazib yuborganidan keyin "Paxtakor"da shiddat etishmayapti. Birinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq "Paxtakor"ni ko'rgandik.

60. Alijonovning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

57. Mehmonlar tomonidan yo'llagan zarbasini Nazarov to'pni qaytardi.

51. GOL! "Al Rayyan" hisobni ochdi! Ahmad Hazim uzoq masofadan Vladimir Nazarovning ustidan to'pni darvozaga oshirib qo'ydi! Mehmonlarning ilk xavfli hujumi golga aylandi.

49. Alijonov raqib jarima maydoniga kirib borishga harakat qildi, biroq himoyachilar bunga yo'l qo'ymadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi. Birinchi bo'limda "Paxtakor" yaxshi o'ynadi, kichik ustunlikka erishdi, ammo hujumlarni yakunlashda samaradorlik etishmadi. Hamdamov va Alijonov boshqa jamoadoshlariga qaraganda yaxshiroq harakat qildi, nazarimda.

45+3. Alijonovning xavfli zarbasini Viktor qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. CHeranga nisbatan qo'pollik ishlatgan Andre Amaro ogohlantirildi.

43. Sobirxo'jaevning zarbasiga raqib futbolchisi "blok" qo'ydi.

37. Alijonovning uzaatmasidan so'ng hujumda darvozabonga nisbatan fol ishlatildi.

34. Bo'rievga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

30. Jo'raqo'ziev ko'ngildagidek harakat qila olmayapti, nazarimda. Hujumchi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq negadir sekin harakat tufayli raqib himoyachisi undan to'pni olib qo'ydi.

26. Xavfli vaziyat! Dastlab Hamdamov qarama-qarshi qanotga uzatma amalga oshirdi, Alijonov to'pni to'xtatmasdan markazga pas berdi, Jo'raqo'ziev esa to'pga ulgurmadi.

23. Bo'riev maydon markazidagi havodagi to'p uchun kurashda raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzdi.

19. Azmiddinov jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

16. Zarba! Hamdamovning chap qanotdan uzatgan to'piga bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib,  maydonni tark etdi.

16. CHeran burchak zarbasi ishlab oldi, uning darvoza tomon zarba yo'llashiga raqib himoyachilari imkon berishmadi.

12. Zarba! Hamdamovning uzatmasidan so'ng Jo'raqo'ziev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

11. Adhamzoda raqib yarimmaydonida qo'pollik ishlatdi. hakam uni birinchi gal kechirdi.

6. Zarba! Sobirxo'jaev raqib jarima maydonida chap oyoqda aniq zarba yo'lladi, Viktor seyv namoyish etdi.

5. Bencharki bir nechta raqib futbolchisini aldab o'tib, jarima maydoniga kirib borishga harakat qildi, biroq yakunda to'p uning o'zidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

2. Xavfli vaziyat! Bosim natijasida mezbonlar qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. "Al Rayyan" himoyachisi darvozabonga pas berishda sustkashlikka yo'l qo'ydi, biroq qatarliklar posboni so'nggi lahzada "Paxtakor" hujumchisi bilan to'p uchun kurashda ildamroq harakat qildi.

1. O'yin boshlandi. "Paxtakor" sariq, "Al Rayyan" qizil-qora rangli libosda harakat qiladi. 

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика