So’nggi yangiliklar

15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  7 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2

Eldor Suyunov: "O'ylashimcha, "Bavariya" Arsen Venger jamoasi darvozasiga 4-5 ta gol kiritadi" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "O'ylashimcha, "Bavariya" Arsen Venger jamoasi darvozasiga 4-5 ta gol kiritadi"

Bugun tunda ECHL nimchorak final javob bahslari bo'lib o'tadi.

Unda "Bavariya" - "Arsenal" va "Atletiko" - "Milan" jamoalari o'zaro bellashishadi. Bu uchrashuvlar juda ko'pchilikning diqqat etiborida bo'lishi tabiiy. Biz O'zbekiston terma jamoasi va Qarshining "Nasaf" klubi posboni Eldor Suyunov bilan bugungi o'yinlardan nimalarni kutayotgani haqida so'radik.

Bugungi har ikkala bahs ham juda qiziqarli va tomoshabop kechadi deb o'ylayman. Kuninng markaziy bahsi so'zsiz Myunxenda "Bavariya" - "Arsenal" o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu o'yin haqida fikr yuritadigan bo'lsam, menimcha, "Bavariya" jamoasi yirik hisobda London jamoasini mag'lubiyatga uchratadi. Bu meni shaxsiy fikrim. O'yin hujumkor tarzda kechishi aniq. O'ylashimcha, "Bavariya"  Arsen Venger jamoasi darvozasiga 4-5 ta gol kiritadi.

"Atletiko" - "Milan" to'qnashuvi ham futbol muxlislarini zeriktirib qo'ymaydi deb o'ylayman. Birinchi o'yinda "Atletiko" g'alaba qozongan bo'lsada, fikrimcha, bugun "Milan" klubi vaziyatni o'z tomoniga ijobiy hal eta oladi. Klarens Zeedorf boshchilik qilayotgan "Milan" jamoasi bunday turnirlarda qanday o'ynashni yaxshi biladi. Bugungi bahsda "Milan"ga tajriba as qotishi mumkin. "Bavariya" va "Milan" keyingi bosqichga yo'l oladi deb o'ylayman.

Men qaysi o'yinni ko'raman? Albatta "Bavariya" - "Arsenal" bahsini tanlayman. Bu uchrashuv keskin kurashlarga boy va asosiysi, tomoshabop bo'ladi. Men uchun "Bavariya" posboni Manuel Noyerning o'yinlari juda qiziq. Uning har bir harakatlari va seyvlari ko'pchilik qatori meni  ham lol qoldirib keladi. SHuningdek, Toni Kroos va Tiago Alkantaralarning ko'rsatayotgan futboli menga manzur bo'lmoqda. Bu futbolchilar hozirda o'zining yuksalish davrida.

Diego Kosta va Mario Balotelli duelida Mario Balotellinining imkoniyatlarini yuqoriroq baholagan bo'lardim. O'ylashimcha, Mario Balotelli bugun Kurtua darvozasiga yo'l topa oladi.
 
SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика