So’nggi yangiliklar

12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  10

Eldor SHomurodovning birinchi murabbiyi: "Eldor "Rostov"da o'ynab ketishiga ishonaman" Yangiliklar

Eldor SHomurodovning birinchi murabbiyi: "Eldor "Rostov"da o'ynab ketishiga ishonaman"

Surxondaryolik hujumchi Eldor SHomurodov Rossiyaning "Rostov" klubi bilan shartnoma imzoladi.

U endilikda faoliyatini xorijda davom ettiradi. Kuni kecha "Rostov" boshqa bir nechta yangi futbolchilar qatori SHomurodovni ham keng jamoatchilikka tanishtirdi va unga 14-raqamli futbolka topshirildi. 

Transfer ishlari hal bo'lganidan so'ng biz SHomurodovning birinchi murabbiyi Dilshod Andaev bilan bog'lanib Eldor borasidagi fikrlarini so'radik. 

- SHogirdim Eldor SHomurodovning Rossiya klubiga o'tganini eshitib xursand bo'ldim, - deydi bugungi kunda "Mashal" futbol maktabida katta murabbiy bo'lib ishlayotgan Dilshod Andaev. - Bu o'tish ko'p qatori meni ham xursand qildi. CHunki Rossiya chempionati ancha kuchli va u erda Eldor futbolchi sifatida yanada shakllanadi. 


- Dilshod aka, SHomurodovning "Rostov"ga o'tayotganidan qanday xabar topdingiz? 

- Bundan o'n kuncha oldin Otabek SHukurov bilan gaplashganimda Eldor boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida gapirgandi. O'shanda Otabek Eldorning "Paxtakor"ga o'tish yoki chetga ketish varianti borligi haqida aytgandi. SHunda o'zim uchun "Paxtakor"ga o'tganidan ko'ra xorijga yo'l olgani maqul, uning uchun yangi eshiklar ochiladi deb aytdim. Oradan ko'p o'tmay hammasi aniq bo'ldi, Eldor "Rostov"ga yo'l oldi.

- SHomurodov "Mashal" akademiyasiga qanday kelib qolgan? 

- 2008 yil tayyorlov guruhlari musobaqasi uchun Jarqo'rg'onga borgandik. O'shanda "Mashal" futbol maktabida selekcioner-murabbiy vazifasida ishlagan Viktor Aleshnikov mahalliy ikkita yosh futbolchi bor, shularni bir sinab ko'rmaysanmi degandi. SHundan so'ng o'sha ikki futbolchi - Eldor SHomurodov va Sardor Abduraimov bilan tanishdim va ularni "Mashal"ga taklif qildim. U payti Eldor endi 13 yoshga to'lgandi. 

- Eldor bilan qancha vaqt birga ishlagansiz? 

- U "Mashal"ga kelganidan so'ng dastlabki uch yilni akademiyada o'tkazdi. Bu orada Qashqadaryo bolalar chempionati va ikkinchi ligada ishtirok etib yurdi. Keyin "Mashal"ning birinchi ligadagi farm-klubiga yo'l olib birinchi ligada o'zini ko'rsata boshladi. Oradan ko'p o'tmay jamoamizning asosiy tarkibiga jalb qilindi. "Mashal"dagi yorqin o'yinlari tufayli "Bunyodkor" etiborini tortdi va toshkentliklar safiga ko'chib o'tdi. 

- Sizningcha, SHomurodovning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada? 

- Kuchli tomoni avvalo golni yaxshi his qilishida. Qolaversa, tezligi bilan o'yinni o'qishi, raqiblarni aldab jarima maydonchasiga kirib borishi ham yaxshi. Faqat bitta kamchiligi bor: biroz erinchoq. Agar bo'shashmasdan o'z ustida ishlashda davom etsa va eng muhimi erinchoqligini yo'qotsa, undan yanada yaxshi futbolchi chiqadi. 

- Nima deb o'ylaysiz, Eldor "Rostov"da o'ynab keta oladimi? 

- Har holda hamma qatori men ham shunga umid qilyapman. Menimcha, u "Rostov"da bemalol o'ynab keta oladi. Buning uchun shogirdimda barcha kerakli xislat bor. Asosiysi tezda yangi jamoa va yangi chempionatga ko'nikib ketsa bo'lgani. Bundan keyin ko'pchiligimiz "Rostov"ga muxlislik qilamiz. 

X.Xoliqov suhbatlashdi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика