So’nggi yangiliklar

15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  9 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  6 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5

Eldor SHomurodov: "SHackix rekordini yangilashga etibor qaratyapman" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "SHackix rekordini yangilashga etibor qaratyapman"

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (2:0) terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

— Ilk navbatda sovuq ob-havo bo'lishiga qaramasdan, stadionga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'limda o'zimizni har tomonlama ko'rsata oldik, deb o'ylayman. O'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Gol urishga ham erishdik. Ikkinchi bo'limda esa himoyaga ko'proq etibor qaratdik. Hisobda oldinda borayotganimizda, asosan, gol o'tkazmaslikka harakat qildik. SHunga qaramay, hali kamchiliklarimiz bor, ularni tuzatish ustida ishlaymiz. Qozog'iston terma jamoasi ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. 

— Terma jamoada to'p kiritish bo'yicha SHackixning rekordini yangilash uchun bitta gol qoldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

— Albatta, bu hodisa tarix sahifalaridan o'rin oladi, shu bois bunga etibor qaratyapman. Rekordni yangilay olsam, uyog'i engilroq bo'ladi deb o'ylayman.

— Oldinda Rossiyaga qarshi uchrashuv kutib turibdi...

— O'ylashimcha, Rossiyaga qarshi bugungidan ham qiyinroq bahs o'tkazamiz. Sababi ular nafaqat jismoniy, balki taktik jihatdan ham ancha kuchli jamoa sanaladi. Lekin o'rtoqlik o'yinida o'zimizni yaxshi tomonlama ko'rsatishga harakat qilamiz", dedi "Roma" hujumchisi.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика