So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  2 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  4 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  13 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  8

Eldor SHomurodov - Qozog'iston, "Torino", "CHorsu" va o'g'li haqida Yangiliklar

Eldor SHomurodov - Qozog'iston, "Torino", "CHorsu" va o'g'li haqida

Teglar :  Eldor SHomurodov
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Qozog'iston bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulot arafasida championat.asia saytiga intervyu berdi.


- Terma jamoa ixtiyoriga etib keldingiz. Dastlabki taassurotlar...
- Erta tongda Toshkentga etib keldim. Doim terma jamoaga kelish yoqimli. O'yinlarga tayyormiz.

- Bugungi matbuot anjumanida Srechko Katanec SHomurodov Toshkentga kech kelgan bo'lsa ham, baribir asosiy tarkibda tushadi sababi "Roma"ning oxirgi o'yinidan maydonga tushmadi. U hozir boshqalardan ko'ra yaxshiroq holatda dedi. Rostan ham shundaymi? Yoki yo'l charchog'i bormi?

- Yo'l charchog'i deyarli yo'q. Sababi Italiyadan uchib kelishga o'rganib qoldim.



- Xuddi "CHorsu"ga borib kelgandek bo'lib qoldimi?
- (kuladi) Ha, shunaqa desa ham bo'ladi. O'zimni yaxshi his qilyapman. Ertaga maydonga tushishga tayyorman.

- Yanvar oyida "Torino"ga o'tishingiz haqida xabarlar chiqdi...
- Hozir klub haqida hech nima deya olmayman. Sababi terma jamoa safidaman.

- Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlardan nima kutyapsiz?
- Kimga qarshi o'ynashdan qatiy nazar maydonga g'alaba uchun tushamiz. Murabbiyning taktik ishlanmalarini o'yinlarga tatbiq etishga harakat qilamiz.

- O'g'lingiz Mustafo ham katta bo'lsa futbolchi bo'ladi deb o'ylaysizmi?

- Hali ancha yosh, sal katta bo'lsa o'zidan so'raymiz. Lekin qiziqishi bor.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика